a) OQSILLARNI TUZLAR YORDAMIDA CHO'KTIRISH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. (NH
4
)
2
SO
4
ning to'yingan
eritmasi; 3. NaCl ning to'yingan eritmasi; 4. MgSO
4
tuzi; 5. (NH
4
)
2
SO
4
ning yarim
to'yingan eritmasi; 6. Asetat kislota; 7. NaCl tuzi; 8. Probirkalar; 9. Pipetkalar; 10.
Shtativ.
Oqsillarni tuzlar yordamida cho'kmaga tushirish hodisasi oqsillarning
tuzlanishi deyiladi. Oqsillarni cho'ktirishda ishqoriy yoki ishqoriy yer metall
tuzlaridan foydalaniladi. Har xil oqsillar tuzlarining konsentrasiyasiga qarab turli
darajada cho'kmaga tushadi. Oqsillarning shu xususiyatidan foydalanib, ularni bir-
biridan ajratib olish mumkin. Masalan, globulinlar ammoniy sulfatniig yarim
to'yingan eritmalarida, albuminlar esa ularning to'la to'yingan eritmalarida yaxshi
cho'kma beradi.
Oqsillarning turli tuzlar ta'sirida cho'kmaga tushishida muhitdagi pH ham katta
rol o'ynaydi. Masalan, albuminlar muhit kuchsiz kislotali bo'lganida natriy va matniy
sulfatning past konsentrasiyali eritmalarida osonlik bilan cho'kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |