О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
Ishning bajarilishi. I. Toza yuvib quritilgan probirkaga 2—3 ml o'simlik
oqsilidan olib, uning ustiga teng hajmda ammoniy sulfatning to'yingan eritmasi - solinadi va eritma chayqatiladi. Probirkada hosil bo'lgan ammoniy sulfatning yarim to'yingan eritmasida zarrachalari albuminlarga nisbatan katta bo'lgan globulinlar cho'kmaga tushadi. Cho'kmadagi globulinlar filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi. Filtratda qolgan albuminlarni ajratib olish uchun probirkadagi eritmaga (NH 4
2 SO 4 ning maydalangan kukunidan to'yingan tuz eritmasi hosil bo'lgunga qadar qo'shiladi. Natijada albuminlar cho'kmaga tushadi. Probirkadagi cho'kma filtrlash yo'li bilan ajratiladi. Eritmada oqsilning qolgan-qolmaganligini biuret reaksiyasi orqali aniqlanadi. Ajratib olingan albuminlar 4—5 ml distillangan suvda eritiladi va u bilan biuret reaksiyasi o'tkaziladi. II. Oqsillarni natriy xlorid va magniy sulfat tuzlari bilan cho'ktirish uchun ikkita probirka olib, ularning har biriga 3 ml dan o'simlik oqsilidan quyiladi, so'ngra birinchi probirkaga natriy xloridning maydalangan kukunidan, ikkinchi probirkaga esa magniy sulfat kukunidan to'yingan tuz eritmasi hosil bo'lguncha qo'shiladi. Natijada globulinlar cho'kmaga tushadi. Probirkalardagi cho'kma filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi. Neytral tuz eritmalarida cho'kmaga tushmagan albuminlar filtratda qoladi. Albuminlarni cho'ktirish uchun filtratga asetat kislotasidan bir necha tomchi tomizib, keyin tuz eritmalari qo'shiladi. Kuchsiz kislotali muhitda cho'kmaga tushgan albuminlarni filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi, eritmada oqsil bor-yo'qligini bilish uchun biuret reaksiya o'tkaziladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling