O‘simlik to‘qimalari


Ikkilamchi qoplovchi to`qima - periderma


Download 157.5 Kb.
bet4/16
Sana15.02.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1199482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hosil qiluvchi to‘qima tuzilishi va vazifalari

Ikkilamchi qoplovchi to`qima - periderma
Ikkilamchi qoplovchi to`qima fellogen deb atalgan tug`diruvchi to`qimadan hosil bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarda fellogen epidermis tagida joylashgan hujayralardan tuzilgan bo`ladi. Masalan, qayin, dub, chinor, zarang daraxtlari. Ba`zan fellogen epidermis-ning o`zidan ham hosil bo`ladi. Masalan, olma, tol va boshqalar. Ba`zan fellogen po`stloqning ichkariroq joylashgan hujayralaridan hosil bo`ladi. Fellogen-ning hujayralari kariokinez usulda bo`linib ko`payib turadi. Natijada fellogen o`zidan yuqoriga probkani (fellemani), ichkariga fellodermani (po`stloqni) ishlab chiqaradi.
Marjon darxtining ikkilamchi qoplovchi to`qimasi(periderma)
1-kutikula, 2-jonsiz epiderma, 3-probka, 4-probka kambiysi, 5-felloderma.
Fellemaning tashqi tomoni suberin moddasi bilan sug`orilib probkalanadi. Probka tarkibidagi suberin 58%, sellyuloza 22 %, lignin 15%, suv 5% dir. Probkalangan hujayra o`zidan, suvni, havoni, changlarni, tovushni, elektrni o`tkazmaydi. Shuning uchun sanoatda probka katta ahamiyatga ega. Masalan, samolyotsozlikda, xolodilnik ishlab chiqarishda va boshqalarda ishlatiladi.
Probkani dub daraxtidan olinadi. Probka beradigan dub daraxti qora dengiz bo`ylarida o`sadi. Probkasi 15 sm gacha bo`ladi. Probka tushib ketmaydi. Probka dub daraxtidan xar 10-15 yilda kesib olinadi. Probkani amurskoye barxatnoye derevo daraxtidan olish mumkin. Bu daraxtning probkasi uncha qalin emas, sifati ham probka dubidan past bo`ladi, shuning uchun ham undan qurtqaruvchi moddalar tayyorlanadi. Probkaning ichi odatda havo bilan to`la bo`ladi. Probka o`simliklarning meva po`stida (anor meva po`sti), tugunagida (kartoshka tugunagida) ham uchraydi. Probka bilan qoplangan o`simlik organlari chechevichkalar orqali nafas olib, suv bug`latib turadi. Chechevichka bor joyda probka bo`lmaydi. Probka o`rnida yumshoq, siyrak joylashgan hujayralar bo`ladi. Ana shu hujayralar orqali suv bug`lanadi va gaz almashish protsessi bo`ladi. Chechevichkani ustitsadan farqi, chechevichka hamma vaqtda ochiq bo`ladi, ustitsa esa ochilib va yopilib turadi.
Chechevichka
Uchlamchi qoplovchi to`qima (korka -qobiq)
Fellogen bir necha yillar davomida probkani ishlab chiqazib turadi. Keyinchalik fellogen hujayralari o`ladi. Po`stloqning ichkari tomonidagi hujayralardan yangi fellogen hosil bo`ladi. Bu hosil bo`lgan fellogen o`zidan yuqoriga probkani, ichkari tomonga esa fellodermani ishlab chiqaradi. Qaytadan hosil bo`lgan probkani tashqari tomondagi xujayralarning hammasi o`ladi. Chunki o`zidan suvni va havoni o`tkazmaydi. Bu hujayralardan oziq moddalar yetib bormaydi.
Qobiq(uchlamchi qoplovchi toqima).
1-yasmiqcha, 2- probka, 3-probka kambiysi, 4-sklereyd, 5-lub tolasi
Bu o`lgan hujayralar qobiqqa aylanadi. Qayin daraxtida qobig` 8-10 yildan so`ng, dub daraxtida 25 yildan so`ng, paxtada esa 50 yildan qobig` vujudga keladi. Qobig`ning qadinligi 10 sm ga yetadi. Qobig` daraxtlarda vaqti bilan tushib turadi. Qobig`ning tushishi daraxtlarga zarar yetkazmaydi. Qobig` 1 qatorda xashoratlar ham tushib turadi.
Hujayra hayotning tuzilma va funksional birligidir. Hujayra (grekcha-cytos yoki lotincha-cellula) so'zini birinchi bor Robert Guk 1665 yilda qo'llagan. Biologiya fanining asosiy yutuqlaridan bo'lgan hujayra nazariyasi 1839 y. M.Shleyden va T.Shvann tomonidan yaratilgan (I.1-rasm).
Tabiatdagi organizmlar hujayra tuzulishiga nisbatan ikki gruppaga bo'linadi:

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling