O‘simlik to‘qimalari


Ikkilamchi qoplovchi to`qima - periderma


Download 69 Kb.
bet4/5
Sana09.05.2023
Hajmi69 Kb.
#1448466
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ko\'pik hosil qiluvchi riagentlar

Ikkilamchi qoplovchi to`qima - periderma
Ikkilamchi qoplovchi to`qima fellogen deb atalgan tug`diruvchi to`qimadan hosil bo`ladi. Ba`zi bir o`simliklarda fellogen epidermis tagida joylashgan hujayralardan tuzilgan bo`ladi. Masalan, qayin, dub, chinor, zarang daraxtlari. Ba`zan fellogen epidermis-ning o`zidan ham hosil bo`ladi. Masalan, olma, tol va boshqalar. Ba`zan fellogen po`stloqning ichkariroq joylashgan hujayralaridan hosil bo`ladi. Fellogen-ning hujayralari kariokinez usulda bo`linib ko`payib turadi. Natijada fellogen o`zidan yuqoriga probkani (fellemani), ichkariga fellodermani (po`stloqni) ishlab chiqaradi.
Marjon darxtining ikkilamchi qoplovchi to`qimasi(periderma)
1-kutikula, 2-jonsiz epiderma, 3-probka, 4-probka kambiysi, 5-felloderma.
Fellemaning tashqi tomoni suberin moddasi bilan sug`orilib probkalanadi. Probka tarkibidagi suberin 58%, sellyuloza 22 %, lignin 15%, suv 5% dir. Probkalangan hujayra o`zidan, suvni, havoni, changlarni, tovushni, elektrni o`tkazmaydi. Shuning uchun sanoatda probka katta ahamiyatga ega. Masalan, samolyotsozlikda, xolodilnik ishlab chiqarishda va boshqalarda ishlatiladi.
Probkani dub daraxtidan olinadi. Probka beradigan dub daraxti qora dengiz bo`ylarida o`sadi. Probkasi 15 sm gacha bo`ladi. Probka tushib ketmaydi. Probka dub daraxtidan xar 10-15 yilda kesib olinadi. Probkani amurskoye barxatnoye derevo daraxtidan olish mumkin. Bu daraxtning probkasi uncha qalin emas, sifati ham probka dubidan past bo`ladi, shuning uchun ham undan qurtqaruvchi moddalar tayyorlanadi. Probkaning ichi odatda havo bilan to`la bo`ladi. Probka o`simliklarning meva po`stida (anor meva po`sti), tugunagida (kartoshka tugunagida) ham uchraydi. Probka bilan qoplangan o`simlik organlari chechevichkalar orqali nafas olib, suv bug`latib turadi. Chechevichka bor joyda probka bo`lmaydi. Probka o`rnida yumshoq, siyrak joylashgan hujayralar bo`ladi. Ana shu hujayralar orqali suv bug`lanadi va gaz almashish protsessi bo`ladi. Chechevichkani ustitsadan farqi, chechevichka hamma vaqtda ochiq bo`ladi, ustitsa esa ochilib va yopilib turadi.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling