O’simlik to’qimalaridan dnk ni ajratib olish


Ashyoviy dalillarni tashqi ko‘rigini o‘tkazish va tadqiqot ob’ektlarini olish hamda solishtirma namunalar olish xududida


Download 84.01 Kb.
bet7/8
Sana03.12.2023
Hajmi84.01 Kb.
#1797520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DNKsini ajratish usullari

Ashyoviy dalillarni tashqi ko‘rigini o‘tkazish va tadqiqot ob’ektlarini olish hamda solishtirma namunalar olish xududida faqatgina ashyoviy dalillarni ko‘rigi (tashqi ko‘rik, fotorasmga tushurish, ob’ektlarni tadqiqot uchun tayyorlash) o‘tkaziladi. Buning uchun:

  • Namuna olish jarayonida tutash kirlanishni oldini olish maqsadida bir martalik maxsus kiyim, tibbiy niqob, rezina qo‘lqop ishlatish. Kirlanish yuzaga kelganda ularni chiqindiga tashlab yuborish;

  • Tutash kirlanish va uslubiy xatolikni oldini olish uchun ashyoviy dalillar va solishtirma namunalardan tadqiqot ob’ektini har xil laboratoriyalarda va turli vaqtda o‘tkazish;

  • Har bir ob’ekt uchun bir martalik probirka ishlatish. Ob’ektlar solingan probirkalarga ekspertizaga, tadqiqot o‘tkazuvchi ekspertga oid identifikatsiyalovchi belgilar bilan markirovkalash;

  • Mumkin bo‘lgan kirlanishni olish maqsadida ashyoviy dalil va solishtirma namunadan ko‘p miqdorda ob’ekt olmaslikka e’tibor berish.

  • Ob’ektlarni olish va jarayon tugagandan so‘ng laboratoriyadagi stol, laminar shkaf va uskunalar yuzasini maxsus reagentlar bilan artish;

DNK ajratish tadqiqotlarini o‘tkazish xududida DNK ajratish, uni tozalash jarayonlari o‘tkaziladi. Buning uchun:

  • Tutash kirlanishni oldini olish maqsadida o‘zida ko‘p va kam DNK bo‘lgan biomateriallarni tadqiqotini xar xil vaqt oralig‘ida o‘tkazish;

  • Bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdordagi ob’ektlar tadqiqot o‘tkazmaslik;

  • DNK ajratish tadqiqotlari jarayonida tutash kirlanishni oldini olish maqsadida bir martalik maxsus kiyim, tibbiy niqob, rezina qo‘lqop qo‘zoynak, oyoq kiyimga baxil kiyish, ish joyini etil spirt yoki maxsus reagentlar bilan artish, bir martalik probirka va nakonechniklardan ishlatish. Kirlanish yuzaga kelganda ularni chiqindiga tashlab yuborish;

  • Nakonechniklar, diionlangan suv va parchalovchi bufer eritmalarini maxsus uskunada ultrabinafsha nur bilan ishlov berish;

  • Eritmalarni kirlanishini oldiniolish maqsadida alikvotalarda saqlash;

  • Reaksion eritmalarni va reagentlarni tashqi muhitga sachrab ketishidan saqlash;

  • Reagentlar kirlanganligi nazorat qilish maqsadida manfiy probalar tadqiqot ob’ektini qo‘shmasdan turib DNK ajratish jarayonini o‘tkazish.


Download 84.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling