O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1411712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish

O’SIMLIKLARNING O’SISHI. O’sish- o’simlik hayotining faollik darajasini ko’rsatuvchi eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki bu jarayon o’simlik tanasidagi barcha fiziologik va bioximik reaksiyalar natijasida sodir bo’lib, yangidan-yangi hujayralarning, organlarning hosil bo’lishi va ularning umumiy quruq massasining ortib borishi bilan xarakterlanadi.
O’simliklarning o’sishi hayvonlardan farqli ravishda butun ontogenezida davom qiladi va yangidan-yangi organlar hosil bo’ladi. Shuning uchun yuz yillik va ming yillik daraxtlarda ham yosh, bir necha kunlik organlarning borligini ko’rish mumkin.
Hujayralarning o’sish fazalari. O’simlikning o’sishi uni tashkil qiladigan hujayralarning ko’payishi va o’sishidan iborat.
O’simliklarning vegetativ organ hujayralari va gameta hosil qiluvchi hujayralari mitoz yo’li bilan bo’linish natijasida har bir hujayradan ikkita hujayra hosil bo’ladi. Mitoz meristema xajayrasi hayot siklining asosiy bosqichi bo’lib bo’linishga qobiliyatli barcha hujayralar uchun xos xususiyatdir. Bunday hujayralar ketma-ket, interfaza, profaza, metafaza, anafaza va telofaza bosqichlarini o’taydi.
Bo’linish natijasida vujudga kelgan yosh hujayralar sitoplazma komponentlarining sintezi asosida o’sa boshlaydi. Hujayralarning o’sish sikli (ontogenezi) ham bir qancha fazalardan iborat.
1) embrional, 2) cho’zilish, 3) differensiallanish, 4) qarish va o’lish.



28- rasm. Yopiq urug’li o’simliklarning rivojlanish fazalari va ontogenezi bosqichlari (V.V.Polevoy, 1989): 1-yosh tuguncha, 1a-meyoz, 2-to’rtta megasporali urug’ murtak, 3-faqat bitta megaspora saqlanadi, 4-murtak xalta, 4a-changlanish, 5-qo’sh urug’lanish, 6-yosh murtak, 1-urug’li murtak, 8-maysa, 9-gul, a-tumshuqcha, v-mikrospora hujayralari bilan birga ona changchisi, s-chang donchalari. 1-emdrional bosqich, II-yuvenil bosqich, III-etuklik bosqichi, IV-murtak xaltasining rivojlanishi bunda megasporaning yadrosi meyozninguchta siklini o’tadi, V-etuk urug’chi.
Embrional–o’sishning boshlang’ich fazasi hisoblanadi. o’simliklarning o’sish nuqtalarida (ildiz o’sish nuqtasi –1,0 sm, poyasining o’sish nuqtasi –4-30 sm) birlamchi meristema – embrional to’qima joylashgan. Bu to’qimani hosil qiluvchi hujayralar ancha mayda, po’stlari juda yupqa bo’lib, o’rtasida yirik yadroga ega protoplazma bilan to’lgan bo’ladi. Vakuolalari bo’lmaydi. Hujayraning embrional fazasida massaning ko’payishi asosiy jarayon hisoblanadi. Lekin hujayraning kattaligi deyarli o’zgarmaydi, chunki yangi hujayra ona hujayra hajmiga yetganda darhol bo’lina boshlaydi. Embrional fazada o’sish konuslaridan tashqari, hosil qiluvchi to’qimalar poya va ildizning eniga o’sishini ta’minlovchi meristema to’qimasining hujayralari ham kiradi. Chunki bu meristema hujayralari ham to’xtovsiz bo’linish va yosh hujayralar hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu yosh hujayralarning bittasi meristema holida saqlanadi, ikkinchisi esa differensiallanish bosqichiga o’tadi.
Cho’zilish fazasining oxirida hujayra po’stida lignin moddasining to’planishi kuchayadi, fenol birikmalari kabi ingibitorlar va abssizin kislotasi to’planadi, peroksidaza va ISK oksidazalar faolligi ortadi, auksinlar miqdori kamayadi.
Hujayralarning differensiallanishi ular o’rtasidagi sifatiy yangi belgilarning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Har bir hujayra maxsus vazifani bajaruvchi to’qimalar gruppasiga ajraladi: asosiy parenxima, o’tkazuvchi, mexanik, qoplovchi va boshqalar. Natijada har bir voyaga yetgan hujayra o’simlik tanasida ma’lum fiziologik yoki boshqa funksiyalarni bajaradi.
Membranalarning tanlab o’tkazuvchanlik qobiliyatining yuqolishi, hujayraning moddalarni yutishi va saqlab qolish xususiyatining tamom bo’lishi o’lish bilan yakunlanadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling