O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1411712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish

O’sish xillari. O’simliklarning hayvonlardan eng muhim farqi shundaki ular butun ontogenezi davomida o’sadi. Oliy ko’p hujayrali o’simliklarning o’sishi hujayralarning bo’linishi va o’sishi, yangi organlar va to’qimalarning hosil bo’lish jarayonlarining yig’indisidan iborat. o’simliklarning o’sishi embrional to’qimalarda – meristemada sodir bo’ladi, Chunki u yerda hamma hujayra bo’linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning boyiga o’sishini ta’minlovchi meristema ularning uchki qismlarida joylashgan bo’ladi. Ildizlarning o’sishi ularning uchida, 1 sm dan oshmaydigan juda kalta qismidan sodir bo’ladi. Bu qismi odatda ildiz kini bilan muhofaza qilinadi. Poyalarning o’suvchi qismi, ildizga nisbatan ancha uzun 2-30 sm gacha bo’ladi. Poya va ildizlar butun ontogenezi davomida o’sadi: Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o’sadi.
Poya, novda va ildizlarning o’sishi apikal o’sish deyiladi. Chunki bu apikal meristema (apeks–o’sish nuqtasi) hisobiga sodir bo’ladi. O’simliklarning eniga o’sishi lateral (yon) meristema hisobiga sodir bo’ladi. Bunga kambiy perisikl va fellogen kiradi.
Kambiy hujayralarining bo’linishi va o’sishi natijasida ksilema va floema elementlari paydo bo’ladi. Ksilema elementlari floemaga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Aksariyat bir pallali o’simliklarning bargida o’sish zonasi barglarning tubida joylashgan bo’ladi va shu asosida o’sa boshlaydi. Lekin ko’pchilik ikki pallali o’simliklar bargining o’sishi bundan farq qiladi. Bu barglarning bo’tun



29- rasm. Iris urug’ kurtaklarining tuzilishi (Dodel-Port., S.S.Medvedov boyicha, 2004): 1-shang naychasi, 2-mikropila, 3-tashqi integument, 4-ichki integument,
5-sinergidlar, 6-tuxum hujayra, 7-murtak xaltasi, 8-murtak xaltasining markaziy hujayrasi 2-yadrosi, 9-antipodlar, 10-nutsellus, 11-xalaza, 12-o’tkazuvchi qism, 13-finikulus.
yuzasidagi hujayralar ma’lum davrgacha o’sish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Barglarning o’sishi doimiy xarakterga ega emas, ya’ni ular tez vaqtda muayyan kattalikka yetib, o’sishdan to’xtaydilar.
Shunday qilib, morfogenez o’simliklarning shakllanishi, embrional hujayralar (sitogenez), to’qimalar (gistogenez) va organlar (organogenez) ning hosil bo’lishi, o’sish va rivojlanishni o’z ichiga oladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling