O’simliklar o’sishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.7 Mb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1411712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’simliklarda mavsumiy rivojlanishning finologiyasini o’rganish

Yorug’lik. O’simliklar yorug’likda ham qorong’ida ham o’sadi. Lekin qorong’ida o’sgan o’simliklar o’zlarining normal shakllarini ancha o’zgartiradilar. Yashil rang yo’qoladi. Bular etiollangan o’simliklar deyiladi. Etiollangan o’simliklar normal o’simliklardan asosan, poyalarning haddan tashqari cho’zilishi va barg plastinkalarining esa aksincha rivojlanmay qolishi bilan farq qiladi. Etiollangan o’simliklarning bo’g’in oraliqlari uzun bo’ladi. Mexanik to’qimalari yaxshi rivojlanmaydi. Hujayralararo bo’shliqlar katta bo’ladi, barglar rivojlanmay qoladi.
O’simliklarning o’sishiga yorug’likning spektral tarkibi ham faol ta’sir etadi. Masalan, qizil nurlar (730-800 nm) ta’sirida hujayralarning bo’linishi sekinlashadi. Lekin cho’zilish jarayoni faollanishi natijasida o’simlikning o’sishi tezlashadi. Ko’k binafsha (ya’ni qisqa to’lqinli) nurlar ta’sir etganda hujayralarning bo’linish jarayoni ancha faollashadi, lekin ikkinchi faza – cho’zilish sekinlashadi. Natijada o’simliklar past boyli bo’lib qoladi. Tog’lik rayonlarda o’simliklarning ko’proq past boyli bo’lishining sababi ham ko’proq qisqa to’lqinli nurlar bilan ta’minlanishiga bog’liq.
Suv miqdori. Tuproq tarkibidagi nam miqdori o’simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning ayniqsa sitoplazmaning normal strukturasi va faoliyati, demak o’sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq. Buni urug’ misolida ko’rish mumkin. Tarkibida 10- 12% suvi bo’lgan urug’lar ko’p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug’lar ekish oldidan namlanganda, o’z og’irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o’sish boshlanadi.
O’simliklarning ildiz tizimi namlik sharoitda yaxshi o’sadi. Ya’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 mPa dan yuqori bo’lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi. Tuproqda suv miqdori juda kam bo’lganda, hujayralarning cho’zilish fazasi tez o’sadi va natijada hujayralar kichik bo’ladi, poya va ildizlar qisqaradi, barglarning hajmi ham kamayadi. Suvning kam bo’lishi hosildorlikni ham keskin pasayishiga olib keladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling