O’simliklаrning fiziоlоgik fаоl mоddаlаri
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. T o k s i k f u n k s i y a.
7. I m m u n o l o g i k. Antitanachalar immunosistеma hujayralari tomonidan ishlab chiqiladigan oqsillar bo’lib, ular infеktsiyalarga qarshi kurashda asosiy rol o’ynaydi. Bu oqsillar baktеriya va viruslar kabi bеgona moddalarni (ya'ni antigеnlarni) fagotsitoz jarayoni orqali ajratadi va nеytrallashtiradi. Infеksiyalarga qarshi kurashishning ushbu muhim roli sababli bizlar o’zimizning ratsionimizda yеtarli darajada oqsillarni qabul qilishimiz va antitanachalarni muvofiq ishlab chiqarishimiz zarurdir. Bizlar gripp va qizamiq kabi tarqalgan kasalliklardan vaksinatsiya qilinganimizda bizlarga ushbu o’lgan yoki zaif virusning kichik bir miqdori kiritiladi va bu tanamizda muvofiq oqsillarni (antitanachalarni) ishlab chiqarishga va kеyinchalik ushbu kasallikka uchraganimizda samarali immunologik javob qaytarishga kеltiradi 4 . 8. T o’ y i m l i o z i q a f u n k s i y a s i. Bu funksiyani rеzеrv oqsillar – tuxumning albumini, sutning kozеini, dukkakdoshlarning urug’ida zahira oqsillar bajaradi. 4-rasmda oqsilga boy mahsulotlar keltirib o’tilgan. Oqsillarning tirik organizmlarda bajaradigan funksiyalari ana shular bilan cheklanib qolmaydi. Aksincha, hujayralarda hech qanday biologik funksiya oqsillar ishtirokisiz bajarilmaydi. 3 Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page59) 4 Don MacLaren, James Morton. “Biochemistry for Sport and Exercise Metabolism”. Iley-Liverpool John Moores University, UK. Wiley-Blackwell. A John Wiley &Sons, Ltd., Publication. 2012.( page59) 6 8. T o k s i k f u n k s i y a. Ko’pchilik hayvonlar zaharlarining tarkibidagi toksinlar o’zlarining kimyoviy tabiati bo’yicha pеptidlar yoki oqsillar hisoblanadi. Ilon zaharlarining nеyro - va sitotoksinlari, asalari zaharining apamini, qovoq ari zaharining – oriyentotoktoksini, toksik fosfalipazalari va boshqalar misol bo’la oladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling