O‘simliklarning oziqlanishi


O‘SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI


Download 0.76 Mb.
bet3/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1124684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portal.guldu.uz-o`simliklar oziqlanishi

O‘SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI

  • O‘simliklarning havodan oziqlanishini, ya’ni fotosintez jarayonini boshqarish ancha qiyin muammolardan biridir. Bunga aksincha, o‘simliklarni ildizdan oziklanishini boshqarish mumkin. Juda kam xollarda tuproqda o‘simlik uchun zarur elementlarning xammasi jamlangan bo‘ladi. Ko‘pincha 2–3 ta, ayrim xollarda ulardan xam ko‘p oziq elementlar tanqisligi seziladi, qaysiki insonni o‘simliklarning oziqlanishi jarayoniga bevosita aralashishini taqozo qiladi.
  • O‘simliklar uchun zarur, lekin tuproqda kam yoki qiyin o‘zlashtiriladigan xolatda uchraydigan elementlar mineral o‘g‘it sifatida kiritiladi va inson shu yo‘l bilan tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi.

O‘SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI MINERAL OZIQLANISH DEB XAM YURITILADI. BU TUSHUNCHA BIR-BIRI BILAN UZVIY BOG‘LANGAN QUYIDAGI JARAYONLARNI O‘Z ICHIGA OLADI.

  • 1. O‘simliklarning ildiz tizimi tuproqning o‘zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to‘plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o‘z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.
  • 2. Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.
  • 3. Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo‘ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo‘li bilan yutiladi.
  • 4. Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida xujayra qobig‘i xamda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.
  • 5. Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulyasiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.
  • 6. Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o‘zaro almashinadi.
  • 7. Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo‘ylab o‘simlikning er usti qismiga qarab xarakatlanadi va bunda mineral xamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.
  • 8. YUtilgan ayrim moddalar kari barglardan yosh barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o‘tish yo‘li bilan o‘simlik tanasida qayta o‘zlashtiriladi – reutilizatsiya

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling