O'ta sovuqqa chidamlilik- bu o'simliklarning suvning muzlash haroratidan past haroratga (0°C) ham chidamliligidir. Ushbu hoi ko'pincha bir yillik, urug'lari qishlaydigan va ko'p yillik tuganakli, piyozli va ildizmevali o'simliklarda kuzatiladi. Bunda o'simlikning qishlovchi organlari tuproq va qor tagida qoladi. Kuzgi o'simliklarda va daraxtlarda, past harorat ta’sirida ular to'qimalari muzlab qolishi mumkin, biroq o'lmaydi. Past harorat sitoplazmada koagulyatsiyani vujudga keltiradi va to'qimalar nobud bo'lishi mumkin. O'ta sovuq muhitda, hujayra oralig'ida hosil bo'lgan muz kristallari atrofdan ularni siqa boshlaydi. Agarda hujayra oraliqlarida muzlar kam hosil bo'lsa, hujayra tirik qolishi mumkin. Shuningdek hujayralarning o'z xususiyatlarini saqlab qolishi muzning holatiga ham bog'liqdir. Masalan muzning shishasimon bo'lmagan holati shishasimon holatiga nisbatan ko'proq zararlidir. O'ta sovuqga chidamlilik o'simliklarning turlariga ham bog'liqdir. - Masalan, kartoshka tuganagi O°C haroratda tezda nobud bo'lsa, karam va piyoz mevalari ushbu haroratni bemalol o'tkazishi mumkin. Kuzgi boshoqli ekinlar masalan bug'doy -15°-20° haroratda ham bemalol qishlab chiqishi mumkin. Shuningdek nina bargli daraxtlarning kurtagi ham o'ta sovuqqa chidamlidir. Sovuqqa chidamli o'simliklarda qandning miqdori yuqori ahamiyatga ega bo'lib va ularning qish davomida sarflanishi dinamikasi ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |