Muz qobig’i. Ushbu hol o`simliklarni suv bosgan holatda havoning sovub kеtishi natijasida ro`y bеradi. Buning natijasidayer yuzasida turib qolgan suv muzlaydi va o`simliklarni muz qoplaydi. Muz qobig’i esa amaliy jihatdan kislorodni o`tkazmaydi. Agarda muz qatlamining qalinligi 1 sm bo`lsa uning 1 sm2 yuzasi orqali bir soatda 0,00017-0,00037 ml kislorod o`tishi mumkin. Ammo o`simliklar barglarining bir qismi muzning yuzasida bo`lsa ular orqali kislorod taminoti saqlanib qolganligi sababli, o`simliklar nobud bo`lmaydi. O`simlik barglari qanchalik ko`p muz bilan qoplangan bo`lsa ular shunchalik yuqori darajada zararlanadilar. O`simliklarni butunlay muz qoplagan holda ular -3oS ham nobud bo`lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |