O'simliklarning past haroratga moslashuvi. O'ta sovuqqa chidamli o'simliklar past salbiy harorat ta’sirini bartaraf qilishga yoki uni kuchsizlantirishga qodirdirlar. Bu holatga quyidagi uchta hoi sabab bo'ladi. 1.Hujayra ichida muz hosil bo'lmasligi uchun undagi suv tezlikda hujayra tashqarisiga chiqarib yuboriladi. Bu membrananing yuqori o'tkazuvchanligi tufayli sodir bo'ladi. Bu esa o'z navbatida membranadagi lipidlar xossasi tufayli sodir bo'ladi. Jumladan to'yinmagan yog' kislotalarining membranadagi miqdori oshishi tufayli bo'ladi. To'yinmagan yog' kislotalari miqdorining oshishi lipidlarning suyuq-zarracha holatidan gel (qattiq) holatga o'tish haroratini pasayishiga olib keladi. Bu holat o'z navbatida o'ta sovuqqa chidamli o'simliklarda hujayralar muzlaganda membranalarning yuqori o'tkazuvchanligini taminlaydi. - Qishda o`simliklarga nafaqat manfiy harorat balki, qalin qor qoplami va muz qobiqlari hamda boshqa omillar ta’sir qiladi. Shuning bilan birgalikda qish fasli davomida qisqa muddatli yoki kеng nisbatan uzoq davrli havoning isishi ham kuzatilishi, qor buronlarining bo`lishi, qorsiz qishda esa achchiq izg’irin bo`lishi mumkin. Bularning barchasi o`simlikning kuchsizlanishiga, oxir oqibatda esa uning o`limiga olib kеlishi mumkin. Bunda faqatgina kuzgi ekinlar halok bo`lib qolmasdan, balki, ko`p yillik o`tlar va daraxtlar ham nobud bo`lishi mumkin. Noqulay omillarning barchasi qishki va bahorgi vaqtlarda turli hodisalarni yani dimiqish ho`llanish, ivish o`simliklarni qishki-bahorgi “kuyish”ga olib kеlishi mumkin. Shuning uchun ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kеlgan.
- O`simliklarning
Do'stlaringiz bilan baham: |