Nitrifikatsiya-bu suvni past haroratda shishasimon holatga o'tishidir. Ushbu hoi o'simlik hujayralarida harorat -20 °C va undan yuqori bo'lganda kuzatiladi. Bunda amorf shishasimon massaga o'xshab qolgan to'qima uzoq vaqt o'z hayotchanligini saqlab qoladi. Sunday holatda hosil bo'lgan muz sekin asta eritilsa hujayradagi fiziologik jarayonlar va uning hayotchanligi saqlanib qoladi. Ammo muzning erishi to'satdan ro'y bersa hujayralar tezda nobud bo'lishi mumkin. Er yuzining 42% da past harorat minimum o'rtacha-20 °C dan pastdir. O'simliklarning o'ta sovuqqa chidamlilik nazariyasiga N.A.Maksimov, I.I.Tumanov va boshqalar katta hissa qo'shishgan. - Tabiiy sharoitlarda haroratning bir soatda 0,5-1°C ga sekin asta pasayishi hujayra oraliqlarida muz hosil bo'lishiga olib keladi. Bu muz hujayra oraliqlaridan havoni siqib chiqaradi. Agar hujayra tirik qolgan bo'lsa muzning erishidan paydo bo'lgan suv hujayralar tomonidan so'riladi.
- O'simlik hujayrasining sovuqda o'lishiga ikki narsa sabab bo'lishi mumkin.
- 1. Ularning suvsizlanishi.
- 2. Hosil bo'lgan muzning mexanik ta’siri natijasida hujayra tuzilishining buzilishi.
- Birinchi holat hujayra oraliqlarida paydo bo'lgan muz zarrachalarining hujayra tarkibidan suvni tortib olishi bilan bog'liq. Bu holat harorat issiq bo'lganda hujayralarning suvsizlanishiga o'xshashdir. Agar sovuq uzoq davom etsa, muz kristallari kattarib ketib hujayrani mexanik jihatdan zararlaydi.
- Hujayralarning sovuqdan zararlanish belgilari bu ularning turgor holatini yo'qotishi hamda ionlarning hujayradan yuvilishidir. Bu holat, yam KQ ionlarining va qandlarning hujayradan chiqishi uning membranasining suv o'tkazuvchanligi buzilishidan emas, balkim ATFazalar yordamida bo'ladigan ionlar tashiluvini olib boradigan membrana sistemalari yordamida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |