О‘simlikshunoslik kafedrasi о‘simlikshunoslik


Birinchi va ikkinchi guruh donli о‘simliklarning morfologik


Download 255.97 Kb.
bet2/6
Sana07.05.2023
Hajmi255.97 Kb.
#1437027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-амалий машғулот Дон экинлари (1)

Birinchi va ikkinchi guruh donli о‘simliklarning morfologik
va biologik xususiyatlari



1-guruh о‘simliklar
Haqiqiy don ekinlari

2-guruh о‘simliklar.
Tariqsimon don ekinlari

1.Donning qorin tomonida uzunasiga ketgan ariqchasi bor.
2.Maysa hosil bо‘lish davrida bir nechta murtak ildizchalar paydo bо‘ladi
3.Boshoqlarda pastki gullari yaxshi rivojlangan bо‘ladi.
4.Poyasi bо‘sh g‘ovak bо‘ladi.
5.Kuzgi va bahorgi shakllarga ega.
6.Uzun kunli о‘simliklar.
7.Haroratga kam talabchan о‘simliklar
8.Tuproq namiga talabchan.

9.Boshlang‘ich rivojlanish davrida (maysalanish -tuplanish) tez о‘sadi.



1.Donning qorin tomonida uzunasiga
ketgan ariqchasi yо‘q
2. Maysa hosil bо‘lish davrida bitta murtak ildizcha paydo bо‘ladi
3.Boshoqchada yuqoridagi gullar yaxshi rivojlangan bо‘ladi.
4.Poyasi pukak bilan tо‘lgan bо‘ladi.
5.Faqat bahorgi shakllarga ega.
6.Qisqa kunli о‘simliklar.
7.Issliqlikka talabchan о‘simliklar.
8.Tuproq namiga (sholidan tashqari) kamroq talabchan.
9.Boshlang‘ich rivojlanish davrida sekin о‘sadi.


Rasm-1. Bug‘doyning tuplanishi: 1-don; 2-murtak ildizlari; 3-tuplanish 6о‘g‘ini; 4-qо‘shimcha ildizlar; 5-asosiy poya; 6-qо‘shimcha yon poyalar, 7-tuproq beti.


Donli о‘simliklar bir yillik о‘tsimon о‘simlik bо‘lib, morfologik belgilari bо‘yicha bir biriga juda о‘xshashdir.
Ildiz majmuasi. Ildizi sachoq ildiz popuksimon bо‘lib, yerga 100-120 sm va undan ham chuqur kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning xaydalma qatlamida joylashgan bо‘ladi. Ildizi ikki xil; murtak yoki birlamchi va asosiy yoki ikkilamchi ildizlardan iborat bо‘ladi. Murtak ildizi urug‘ unib chiqish davrida hosil bо‘lib, birinchi guruh donli о‘simliklarda 3 tadan 8 tagacha, ikkinchi guruh donli
о‘simliklarda faqat bitta bо‘ladi.
Asosiy ildizlar keyinroq, poyaning yer ostki bо‘g‘imlaridan paydo bо‘ladi. Bundan tashqari baland poyali donli о‘simliklarda (makkajо‘xori, jо‘xori) poyaning yer ustki bо‘g‘imlaridan ham ildizlar paydo bо‘ladi. Bular tayanch yoki xavo ildizlar deb ataladi.
Murtak ildizchalar paydo bо‘lgandan sо‘ng poyacha о‘sa boshlaydi, u ham donning pо‘stini yorib tuproq betiga yorug‘likka chiqadi, qobiqli don (arpa, suli) larda poyacha oldin donni о‘rab turgan qobig‘i ostidan о‘tib, donning uchidan yer betiga chiqadi, qobiqsiz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak joylashgan yerdan paydo bо‘ladi (2-jadval).
Poyasi poxol, somon bо‘lib ichi bо‘sh yoki g‘ovak parenxima bilan tо‘la bо‘ladi. Past bо‘yli donli о‘simliklar 6-7, baland poyali donli о‘simliklar esa 20-25 ta bо‘g‘im oraliqlariga ega bо‘ladi.
2-jadval

Download 255.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling