Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Qiyosiy pеdagogiкa fanining tadqiqot mеtodlari


Download 99.16 Kb.
bet27/50
Sana19.02.2023
Hajmi99.16 Kb.
#1214210
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
Osiyo mamlakatlarida ta\'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xusu

Qiyosiy pеdagogiкa fanining tadqiqot mеtodlari.

Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlariga tavsiflash, statistik, tarixiy, sotsiologik va analitik metodlai' kiradi. Tavsiflash metodi nihoyatda aniqlik va ob’ektivlikni talab etadi. Ushbu metod ta’lim tizimini boshqarish, o’qituvchilar tayyorlash, o’quv “Qiyosiy pedagogika” fanining ilmiy-tadqiqot metod lari yurtlarining dastur va rejalari, bolalar va yoshlar faoliyatini tashkil etishda qo’llanadi. Statistik metod tavsiflash metodi bilan uzviy bog’langan. Bu metod ta’lim tizimiga oid raqamlar, ma’lumotlami tahlil va talqin qiladi, baholaydi. Xususan, o’qitish bosqichlari bo’yicha ta’lim oluvchilaming o’zlashtirishi, o’quvchilaming ijtimoiy tarkibi kabilar shular jumlasidandir. Tarixiy metod ta’lim tizimining paydo bo’lishi va shakllanishi, uning rivojidagi an’analar va turli tarixiy davrdagi o’zgarishlami tadqiq etadi. Zero, tarixiy metod tahlil qilinayotgan pedagogik hodisaning hozirgi holatini ancha chuqur tushunishga yordam beradi. Sotsiologik metod boshqa metodlar bilan uzviy bog’liq. U ta’lim tizimining ijtimoiy xarakterini baholash, ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, mazmuni va metodlarini tahlil qilish kabilami nazarda tutadi. Analitik metod orqali ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari ijtimoiysiyosiy jihatdan baholanadi, ta’lim tizimining tuzilishigi asos bo’ladigan umumiy tamoyillar belgilanadi, ta’lim mazmuni va uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi talablariga mosligi aniqlanadi

  1. Jahon mamlaкatlarida qiyosiy pеdagogiкa jamiyatlarining faoliyati va vazifalari

Qiyosiy pedagogika ~ jahon, mintaqaviy, milliy ta'lim tizimi rivojining umumiy va alohida istiqbolli yo’nalishlari, qonun va qonuniyatlarimng o’ziga xosliklarini taqqoslash haqidagi fan. Qiyosiy pedagogika fani global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo’nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etadi, milliy va hududiy o’ziga xosliklardagi umumiy ko’rinishlami ochib beradi, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va usullarini aniqlashtiradi. Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari: 1. Chet el ta’lim tizimi rivojining real jarayonlarini aks ettiruvchi yangi va yaxshi, ma’lum bo’lmagan jihatlarini tizimli bayon etish. 2. Jahon mamlakatlarida ta’lim tizimi rivojlanishining muhim qonuniyat va tendentsiyalarini aniqlash hamda tahlil etish va tizimlashtirish. 3. Turli davlatlar ta’lim tizimi sifati va samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan mezonlarini aniqlash. 4. Talim sohasidagi siyosatning asosiy yo’aalishlarini aniqlash. 5. Uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha bo’g’inlaming mavjud holati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish. 6. Turli davlatlar ta’lim tizimining rivojlanishidagi salbiy va ijobiy jihatlari, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash. 7. Ta’lim sohasida ijobiy va salbiy holatlaming yuzaga kelishini aniqlovchi ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy sharoitlami o’rganish. 8. Bir davlat ta’lim tizimini boshqa davlatga ko’chirishning natijalarini bashorat qila olish. 9. O’rganilayotgan ta’lim tizimidagi umumiylik va o’ziga xoslik jihatlarini aniqlash. Qiyosiy pedagogikaning asosiy funksiyalari: 1. Mutaxasislaming chet el tajribasini o’rganishlarini yengillashtirish maqsadida pedagogik hujjatlardagi atama va tushunchalami unifikatsiyalash va tartibga solish. 2. Turli ta’lim modellari va talim sohasida amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlami taqqoslash. 3. Kelgusida ta’limni rivojlantirishning istiqbolli va ishonchli yo’Harini bashoratlash. 4. Ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqish


  1. Download 99.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling