Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Globalizatsiya va qiyosiy pеdagogiкa


Download 99.16 Kb.
bet23/50
Sana19.02.2023
Hajmi99.16 Kb.
#1214210
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
Osiyo mamlakatlarida ta\'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xusu

Globalizatsiya va qiyosiy pеdagogiкa

Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ―globe so’zidan olingan bo’lib, aynan uni ―dumaloqlashuvi, ―kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. ―Globallashuv tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ―umumiylashuv, lotin tilida esa ―globus-Yer shari ma'nolarini bildirad Globallashuv – Jahon xo’jaligi rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob‘ektiv jarayon bo’lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Qiyosiy pedagogika tushunchasiga komparativist olimlar turlicha ta’rif beradilar. Rus olimi M.Sokolova qiyosiy pedagogikani ta’lim-tarbiya pedagogic nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining yo’nalishlari, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va falsafiy asoslari hamda milliy o’ziga xoslikni ochib beradigan soha deb qaraydi. N.Belkanov qiyosiy pedagogikani ta’limdagi globallashuv, baynalmilallik va integratsiya natijasi deb qaraydi. Uning fikricha, qiyosiy pedagogikada taqqoslash -bu ta’lim va pedagogika sohasida duhyo tendensiyalari bilan aloqadorlikni anglash demakdir. K.Musmning ta’kidlashicha, qiyosiy pedagogika dunyoning turli davlatlarida turli tarixiy davrlarda ta’lim-tarbiya pedagogic nazariyasi va amaliyotining holatini o’rganadi, pedagogika va maktab amaliyotining xalqaro tajribasini o’rgaxiish va foydalanish yo’llari hamda shaklini aniqlaydi, o’z davlatida ta’lim-tarbiya modelining kelajagini bashorat qiladi. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida integratsion jarayonlaming rivojlanishi olimlar oldida xalqaro tadqiqotlami o’tkazislming qanday eng maqbul shakl va usullarini topish, qo’lga kiritilgan natijalardan milliy ta’lim tizimining o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda samarali foydalanishni qay tarzda ta’minlash, xalqaro tadqiqotlar ishtirokchilarining nuqtai nazarlari va qarashlarini uyg’unlashtirishga qanday qilib erishish kabi qator savollarni ko’ndalang qo’ymoqda.


  1. Download 99.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling