Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


  Yaponiya tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana15.07.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1660527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishining asosiy xususiyatlari

2.2. 
Yaponiya tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili 
Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat bo’lib, postagrar- sanoatlashgan 
davlat hisoblanadi. Avtomobil, kema, maishiy texnika, sanoat robotlari, dastgohlar 
ishlab chiqarish va baliq ovlash bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi. 
Yaponiya deyarli butun dunyo mamlakatlari bilan savdo sotiq qiladi. Dunyo 
mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan namunali tajribaga ega bo’lgan davlatlardan 
biri bu Yaponiyadir. Yaponiyaning “Iqtisodiy mo’jiza”sini “G’arbga yetib olish” 
degan shiori va rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnikaviy va xo’jalik yuritish 
bilim va tajribalarini o’zlashtirish asosidagi iqitisodiy siyosat oqibati sifatida 
ko’rib chiqish mumkin. G’arb tadqiqodchilari, Yponiya tajribasini o’rganib 
mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xosligi va boshqalardan ajralib turishini alohida 
ta’kidlab o’rtishadi. Sanoatning yuqori darajalarda o’sishi, iqtisodiyotni yapon 
uslubida boshqarishning xususiyatlari, krizis sharoitlarida tez moslashuvchanlik , 
uning moslashuvchanligi bu mamlakatning o’ziga xosligi bilan asoslanadi. Bunga 
yaqqol dalil sifatida, misol uchun, sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida xom-
ashyo va yoqilg’i bilan ta’minlanganlik darajasi eng past va mamlakat butunlay 
ko’p turdagi mineral va qishloq xo’jaligi xom- ashyolarining importiga 
bog’langanligini keltirishimiz mumkin. Aynan tabiiy resurslarga kambag’allik 
darajasi xalqaro savdoni rivojlantirishning rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Tabiiy 
resurslarga kambag’al bo’lgan mamlakat jahon iqtisodiyotiga g’oyat 
muvafaqqiyatli kirib keldi. Avval Yaponiya jahonda qayta ishlash sanoati 
markaziga aylandi, keyinchalik ilmiy-texnik sohalar rivojlandi. Bugungi kunda 


26 
Yaponiya 
zamonaviy 
iqtisodiyotning 
katta 
ahamiyatga 
ega 
savdo 
mamlakatlarining biridir. Yaponiya iqtisodiyoti yoqilg’i energiyasi va sanoat 
xomashyosini import qilish bilan bog’liq. Bugungi kunda import tarkibi sezilarli 
darajada o’zgargan: xomashyo maxsulotlarini emas, balki tayyor maxsulotlarni 
olib kirish birinchi o’ringa qo’yilgan. Yaponiya uchun uning shakllanishining 
barcha bosqichlarida savdo balansining saldosi ijobiy bo’lganligini ham alohida 
takidlab o’tish lozim. Ammo ko’p yillar davomida mamlakat iqtisodiyatiga 
mablag’lar oqimini ta’minlab turgan Yaponiya tashqi savdosi pasayishga 
moyilligi kuzatilmoqda. 
Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardosh davlat yaratish va rivojlantirish uchun 
yordam beradigan tashqi iqtisodiy aloqalar qurishga yo’naltirilgan. Yaponiya 
iqtisodi uchun tashqi savdoga ixtisoslashuv harakterlidir. Savdo aylanmasi 
hajmining kattaligiga qaramasdan axoli jon boshiga to’g’ri keladigan tashqi savdo 
ko’rsatkichini (2010 y. - 12189,37 AQSH dollari) baland deb aytib bo’lmaydi 
chunki axoli soni bo’yicha Yaponiya dunyoda o’ninchi o’rinni egallaydi. 
Tabiiy resurslardan mahrum bo’lgan mamlakat uchun tashqi savdo hayotiy 
muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport masshtabi import uchun zarur valyuta 
jamg’arishga kerak mablag’ darajasidan ancha oshadi. Boshqa davlatlarga 
sotiladigan 98,6% tayyor maxsulotlarga to’g’ri keladi, ulardan 74,1% - avtomobil 
va uskunalarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha u 2009- 
yilda(1006,9mlrd. AQSH dollari) faqat AQSH, GFR va Xitoyga joy bo’shatib 
turibdi. 


27 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling