Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1788744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar
institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma’lum ilmiy sohalar 
bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, 
assotsiatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni 
birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik 
ulushli badallar, konferensiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish 
badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy 
nashrlardan daromadlar xisobidan tashkil etiladigan byudjetlar xisobidan 
moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma 
dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat 
bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish 
mumkin. 
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga 
ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan 
shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat 
tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash 
uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa 
tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond 
o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond 
byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" 
fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy 
yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining 
badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, 
Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati 
natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya 
o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi 
(ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos 



ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya 
sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning 
byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha 
xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. 
Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport 
buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar 
kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik 
faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling