Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana20.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1788744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

2.2.3-jadval 
O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari 
Maqsadi 
Miqdori (AQSH 
dollari) 
yil 
“Qishloq 
joylarda 
uy-joy 
qurilishini rivojlantirish” loyihasini 
moliyalashtirish uchun 
100 mln 
2014 yil 
kichik 
biznes 
loyihalarini 
moliyalashtirish uchun 
83 mln 
2014 yil 
Sirdaryo 
viloyatidagi 
kanalizatsiya 
tizimini 
modernizatsiya qilish uchun 
57,5 mln 
2015 yil 
Manba: internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi. 
Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan 
bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, 
qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda
1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan.
12
Arab 
muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot 
jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi 
taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi, 
shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra 
suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika, 
yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq 
infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard 
AQSh 
dollaridan 
ziyod 
25 
ta 
loyiha 
taqdimoti 
o`tkazildi.
Shuningdek, 
Arab 
muvofiqlashtirish 
guruhining 
ushbu 
loyihalarni 
moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston 
12
www.mfer.uz “Xalqaro hamkorlik\Xalqaro tashkilotlar”


22 
Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy 
qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100 
million dollarlik zayom bitimi imzolandi. 
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million 
AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini 
modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq 
etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB 
hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan 
loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy 
yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda. 
O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator 
muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi. 
Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 
million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati 
640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani 
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9 
million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB 
tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar 
ajratilgan. 
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash, 
texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni 
amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari, 
jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot 
jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining 
investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir. 
Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish 
Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir. 
Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 
ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi. 


23 
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart 
kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun 
O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi. 
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va 
Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya 
qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. 
Modernizatsiyani 
moliyalashtirish, 
shuningdek, 
xalqaro 
moliyaviy 
institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga 
oshiriladi. 


24 
XULOSA 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida 
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni 
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni 
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar 
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom 
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning 
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln 
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. 
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar 
amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan 
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB 
tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan 
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir 
o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir: 
 
aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; 
 
ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; 
 
a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa 
shakllarda moliyaviy yordam berish; 
 
aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; 
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular 
jumlasidan) 
 
moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va 
depozitlarini qabul qilish; 
 
a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; 
 
musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini 
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish. 


25 
Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan 
biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat 
qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh 
hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan, 
balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, 
Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.
Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib, 
u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga 
kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi, 
rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida 
boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat 
qiladi.


26 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
1.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling