Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


 Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1788744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

1.2. Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon 
xo’jaligida tutgan o’rni 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida 
hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, unifikatsiyalash 
(birxillashtirish) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan 
tashkilotlardir. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan 
mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu 
asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan 
vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan 
iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni 
amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi.
3
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir 
tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning 
moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar 
o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni 
talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918 
yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro 
tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat 
3
Vaxobov A.V, Tadjibayeva D.A,Xajibaqiyev Sh.X “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” 
Moliya, 626-627 betlar



tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan 
Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 
40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi 
favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan 
bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi 
«to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan 
so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi 
iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida 
хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini 
ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) 
inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global 
muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining 
ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy 
munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd 
etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab 
chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullab-
yashnash va jahon хalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan 
shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan.
Ekspеrtlarning fikricha, jahon iqtisodiyotiga sеzilarli ta’sir o’tkaza 
oladigan хalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. Хalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi omillarni 
kеltirishimiz mumkin: 
1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi; 
2. Sanoat rеvolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib 
turgan masofalarni qisqartirishi va хalqaro munosabat va hamkorlikni 
kеngaytirishi; 
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy 
o’sish; 
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi; 


10 
5. Duyodagi umumiy rеsurslardan oqilona foydalanishning zarurligini 
chuqurroq anglash. 
Davlatning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har 
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki хalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham kеng 
hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlar 
topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mеzondan (geografik qamrovi kеngligi 
va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib 
chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi. 
Ikkinchi mеzonni qo’llagan holda maхsuslashtirilgan (sohalar bo’yicha) va 
global tashkilotlarga yuzaga keladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling