Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar
partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomin
Download 55.11 Kb.
|
Milliy buyuk inqilob natijasida Gomindanning yakka partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomindan Xitoyda iqtisodiyot bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish tarafdori edi. Shuning uchun ham Gomindan hukumati xususiy mulkni himoya qildi va bunday mulkni tugatishni targ'ib etuvchi XKP ga qarshi kurashdi. Milliy bozor rivojiga g'ov boiayotgan ichki boj to'siqlari bekor qilindi. Chet el sarmo-yadorlariga ijaraga berilgan 33 ta korxonadan 20 tasi qaytarib olindi.
Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o'tkazildi. Mehnat to'g'risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfming ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi. Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noteng shartnomalarini bekor qilish yo'li tutildi. 1928-yilda chet el tovarlari uchun boj to'lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi. Gomindan bilan XKP o'rtasidagi umummilliy birlashgan front barham topgach, Xitoyda fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi boshlan di. Gomindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana boshladi» va ko'p o'tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi. 1930—1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln dollar yordam berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi. Xitoyga nemis generali Fon Sekt keldi va harbiy operatsiyalarga boshchilik qildi. Bu davrda XKP qurolli kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil Armiya deb atalgan). XKP 1927-yiidan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o'rnatish uchun kurash olib bordi va o'zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday shaklini o'rnatdi. 1931-yilning noyabr oyida Szyansi provinsiyasida o'tkazilgan sovet tumanlari vakillarining 1-Butunxitoy syezdi Xitoy Sovet Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi. Davlatboshlig'i etib Mao Szedun saylandi. Shunday qilib Xitoy uchga bo'linib ketdi. 1934-yilda Gomindan hukumati XKP armiyasiga qattiq zarba berdi. Biroq uni tor-mor eta olmadi. Armiyaning bir qismi qurshovni yorib chiqishga muvaffaq bo'ldi. 1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xi-toyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining Xitoyni birlashtirish yo'lidagi harakatini to'xtatib qo'ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida 1 mln kv km maydonni egalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man'chjou-Go deb atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so'nggi imperatori Pu I boshchiligidagi qo'g'irchoq hukumat boshqarardi (manjurlar sulolasi hukmronligi 1912-yil Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob natijasida ag'darilgan edi). 30 mln aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo va temir yo'l yaponlar qo'liga o'tdi. 1936-yil Chan Kayshi Sianga kelganida armiya qo'zg'olon ko'tarib, uni asir oldi. Lekin undan fuqarolar urushini boshlamaslikka va'da olinib, qo'yib yuborildi. Chan Kayshi 1935-yilda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashda yor-dam so'rab Sovet davlatiga murojaat qildi. Sovet davlati yordam berishga tayyorligini bildirdi, biroq buning uchun fuqarolar urushini to'xtatish va Xitoy kommunistlariga qarshi jazo operatsiyalari o'tkazmaslik shartini qo'ydi. 1937-yilning iyun oyida Gomindan va XKP o'rtasida harbiy harakatlarni to'xtatish haqida shartnoma imzolandi. Shu tariqa Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti vujudga keldi. 1937-yilning yozidan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushi boshlandi. Yaponlar 1937-yil avgustda Pekin, noyabrda Shanxay, dekabrda Nankin shaharlarini bosib oldi. Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling