Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar


Download 55.11 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1513404
1   2   3   4
1937-yil 21-avgustda SSSRbilan Xitoy o'rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma imzolandi. Xitoy 1938-yil 100 mln dollar, 1939-yilda esa 150 mln dollar zayom oldi. 1938-yildagi Hasan ko'lida, 1939-yildagi Xalxin Golda bo'lib o'tgan janglar yapon kuchlarini zaiflashtirdi.
Yaponiya 1941-yil 9-dekabrda Xitoyga qarshi uruslmi rasmiy e'lon qildi va bu yerda urush oxirigacha o'z hukmronligini saqlab qoldi.
U rush yillarida Buyuk Britaniya hukumati Hindis-tonga urushdan keyin o'zini o'zi boshqarish huquqini berishni va'da qilgan edi. Aslida Buyuk Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo'lgan Hindistondan ajralishni xohlamas edi. Bu hoi hind xalqining milliy-ozod-lik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o'sgan bo'lsa, qishloq xo'jaligi orqaga ketdi. 12 mln kishi ochdan o'ldi.
1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz qo'shinlari aholining norozilik yig'ilishini o'qqa tutdi. Buning natijasida 1000 dan ortiq kishi o'ldirildi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa hamma joyda politsiya bilan to'qnashuv boshlanib ketdi/
Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to'g'risida qaror qabul qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputat-larning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi. Bu qonun bilan birga «anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi» Rouletta qonuni ham qabul qilindi va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berdi.
H ind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi. Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat tinch, zo'rliksiz shakliga tayanadigan yoii g'alaba qozondi. Bu yo'l tarixga kurashning gandicha yo'li nomi bilan kirgan. M. Gandining tinch kurash yo'li hind xalqi keng qatlamini milliy-ozodlik kurashiga jalb etish imkonini berdi. Gandizm — diniy-falsafiy tizim bo'lib, idealizm, induizm, jaynizm va xristianlik elementlarini o'zida birlashtirgan. Uning asosida «haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik» yotadi. Xo'sh, kurashning tinch, kuch ishlatmaslik yo'li — «satyagraxi» deyil-ganda nima nazarda tutilgan? Bu tushuncha ingliz ma'murlari tadbirlarini boykot qilishni, o'z noroziligini tinch namoyishlar yo'li bilan bildirishni, mustamlakachi ma'muriyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishni, zo'ravonliksiz fuqaroviy bo'ysunmaslikni anglatadi. Kurash­ning bu yo'li asrlar davomida sabr-toqat ruhi-ga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashi-ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisdblan-gan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos yo'l edi.

Adabiyotlar:


1. Ochilov M. «Yangi pedagogik texnologiyalar» / qo’llanma. - Qarshi: Nasaf, 2000.
2. Internet ma’lumotlari https://www.ziyonet.uz
Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling