Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar


Download 55.11 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1513404
  1   2   3   4



Reja:

  1. Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar.

  2. Xitoyning urushdan keying ahvoli.

  3. Buyuk milliy inqilob.

  4. 1927-1937-yillardagi fuqarolar urushi.

  5. Birinchi jahon urushidan keyin Hindistonning ahvoli.


Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlarida chuqur o'zgarishlar ro'y berdi. Antanta qurolli kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg'or qatlami urushdan keyin mustaqillik berilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik kon-ferensiyasi bu umidni oqlamadi. Aksincha, konferensiya mustamlakachi-likning eski shaklini yangisi bilan almashtirdi. Mustamlakachilikning bu yangi shakli avvalgi darslarda siz tanishgan Millatlar Ligasining mandat tizimi edi.
Shunday bo'lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o'zgardi. Bu o'zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSSRning) vujudga kelishi bilan ham bog'liq edi. Mustam-lakachi davlatlar xohlaydilarmi, yo'qmi, endi bu omil bilan hisoblashishga majbur edilar.
Ikkinchi tomondan, Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o'sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi. Shunday bo'lsa-da, mustamlakachi davlatlar o'z mustamlakalaridagi mavqelarini deyarli saqlab qola oldi-
lar.
Buning sababi, birinchidan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar hali to'la yetilmaganligi bo'lsa, ikkinchidan, mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi edi.
Biroq bu milliy-ozodlik kurashi ma'lum vaqtga to'xtab qoldi, degani emas edi. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy-ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918—1923-yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g'alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi.
Sovet Rossiyasi 1921-yilda Turkiya bilan do'stlik to'g'risida shartnoma imzoladi hamda Turkiyaga 10 mln oltin so'm hisobida moliyaviy yordam ko'rsatdi. Xuddi shunga o'xshash shartnoma 1921-yilda Eron bilan ham imzolandi. Eron Buyuk Britaniya qo'shinlarining mamlakatdan chiqib ketishiga erishdi.
Afg'on xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashi 1919-yilda g'alaba bilan yakunlandi. Afg'oniston mustaqil davlatga aylandi. 1921-yilda sovet-afg'on do'stlik shartnomasi imzolandi.
1918—1921-yillarda Sovet Rossiyasi Mo'g'ulistonning milliy-ozodlik kurashiga yordam ko'rsatdi. Bu yordam Mo'g'uliston mustaqilligini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. To'g'ri, Sovet Rossiyasi yuqorida nomlari tilga olingan davlatlarga bekorga yordam bermagan. Uning maqsadi o'zining janubiy chegaralari xavfsizligini ta'minlashdan iborat edi.
Ayni paytda Sovet davlati qo'shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash masalasiga «bo'lajak jahon inqilobi»ning tarkibiy qismi, deb ham qarar edi. Mustamlakachi davlatlar ham qo'l qovushtirib o'tirmadilar, albatta. Ular Vashington konferensiyasida mustamlakalarning daxlsizligiga kelishib oldilar. Biroq tez orada bu kelishuvni Osiyoda Yaponiya (1931-yilda), Afrikada esa
Italiya buzib yubordi.
' Birinchi jahon urushidan so'ng ham Xitoy qoloq, yarim mustamlaka davlat edi va unda 450 mln dan ortiq xalq yashardi. Uni buyuk davlatlar ta'sir doirasiga bo'lib olgan edilar. Mamlakat sanoati, transporti, banklari va tashqi savdosining asosiy qismi chet el kompaniyalari qo'lida edi.
Bu omillar Xitoyni rivojlangan davlatlar ekspansiyasiga qarshi kurashda ojiz qilib qo'ygan edi. 1911-1913-yillarda bo'lib o'tgan inqilob asosiy masalalardan biri — Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal eta olmadi. Bu masalani hal etmay turib Xitoyni yarim mustamlaka sirtmog'idan qutqarish nihoyatda og'ir edi.
1918-yilda Xitoyda inqilobiy kurashning ikki yirik kuchi mavjud edi.
Ularning biri milliy-ozodlik kurashining yirik vakili, tan olingan yoi-boshchi Sun Yatsen (1867—1925) boshchiligidagi Gomindan (Xitoy milliy
Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling