Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlar
partiyasi) bo'lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi
Download 55.11 Kb.
|
partiyasi) bo'lsa, ikkinchisi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) edi.
Versal shartnomasi qarorlariga qarshi mamlakatda «4-may harakatlari» nomli xalq noroziligi bo'lib o'tdi. 1921-yilda Sun Yatsen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. Sun Yatsen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz amalga oshirib bo'lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo'yicha, Xitoyda o'z hukmronliklarini o'rnatdilar. Shunday sharoitda Sun Yatsen moddiy va harbiy yordam so'rab Sovet Rossiyasiga murojaat qildi va muzokara uchun general Chan Kayshini Moskvaga jo'natdi. 1923-yilda Sun Yatsen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo'liga o'tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar. Frontning maqsadi Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo'lini tutayotgan ichki kuchlarga hamda Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta'siriga qarshi kurash edi. Bunda Sun Yatsenning uch tamoyili: «milliylik, demok-rativa va xalq farovonligi» katta rol o'ynadi. /l925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz politsiyasi bu namoyishni o'qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki bo'ldi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan. Shu tariqa Xitoyda chet el bosqinchilariga qarshi milliy inqilob boshlandi. Ularning asosiy shiorlari — Xitoy suverenitetini tiklash, mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer egalari hukmronligini ag'darish va Xitoyning demokratik milliy harakat hokimiyati ostida siyosiy butunligini ta'minlash edi. Inqilob rahbarligi Gomindan qo'lida edi. 1925-yilda Sun Yatsen vafot etgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo'liga o'tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdy 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya egallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSH Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati toia qaror topdi. Yurishning birinchi bosqichi 1928-yilda yakunlandi. Buning oqibatida shimoldagi militaristik kuchlarga qattiq zarba berildi. Jumladan, Shanxay va Nankin shaharlari bosib olindi. Chan Kayshi hukumati qarorgohi Nankin shahriga ko'chirildi. Barcha buyuk davlatlar bu hukumatni tan oldilar. Markaziy hokimiyat qo'lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari — Gomindan va XKP o'rtasida bo'linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo'ldi. Chunonchi, Gomindan markaziy hokimiyat egallanishi bilan inqilob o'z vazifasini bajardi, deb hisobladi. Endigi vazifa mo'tadil islohotni zo'ravonliksiz o'tkazishdan iboratligini e'lon qildi. XKP esa inqilobni davom ettirish, hali Xitoyda kam sonli bo'lgan proletariat gegemonligini o'rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdor-larning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo'llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi. Bu ikki siyosiy kuch o'rtasidagi nizo 20 yil davom etgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi. Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling