Osiyo Xalqaro Universiteti Mavzu-8: Menejmentda kommunikatsiya


Download 1.33 Mb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1361446
1   2   3   4
Bog'liq
Menejmentda kommunikatsiya (1)

3. Vertikal kommunikatsiya
Vertikal kommunikatsiya yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga yo`nalgan bo`ladi. Axborot tashkilot ichkarisida bosqichdan-bosqichga vertikal kommunikatsiya chegarasida harakat qiladi. U pastga yo`nalgan, ya`ni yuqori bosqichdan quyiga yuboriladigan (joriy masalalar, topshiriqdagi o`zgarishlar va h.z.) va yuqoriga yo`naltirilgan bo`ladi. Quyi bosqichdan yuqoriga yo`nalgan axborot unumdorlikka katta ta`sir ko`rsatadi. Eng quyi bosqichda yaratilgan narsa barcha oraliq bosqichlardan o`tib, eng yuqoriga ko`tarilishi kerak. Yuqoriga yo`nalgan axborot odatda hisobot, taklif, tushuntirish xatlari ko`rinishida bo`ladi
4. Gorizontal kommunikatsiya bo`limlar o`rtasida axborot almashuvi vazifa va harakatlarni bir yo`nalishda muvofiqlashtirish uchun zarur. Tashkilotlar pastga yoki yuqoriga yo`nalgan axborotdan tashqari gorizontal kommunikatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
  • Shaxslararo va tashkiliy kommunikatsiyalar.

  • Shaxslararo to`g’ri axborot almashinuvi mavjud. Kommunikatsiya to`siqlari: anglab olishdagi to`siqlar; semantika bilan bog’liq bo`lgan to`siqlar, noverbal (afti-angorini o`zgartirish, tasdiqlovchi yoki rad etuvchi qarash va hokazo) to`siqlar, yomon teskari aloqa va quloq solishni bilmaslik.
    Axborotni uzatishda bu to`siqlarga e`tibor berib, o`z g’oyangizni uzatishdan oldin rivojlantirib oling, semantika (ikki ma`noli so`zlar yoki tasdiqlar) muammolariga e`tibor bering, o`z turishingiz, intonatsiyangiz va qo`l harakatingizga e`tibor bering, empatiya (boshqa kishilar sezgisiga e`tibor berish, ichiga kira bilish) va ochiqlikni namoyon eting, teskari aloqa o`rnatishga erishing.
  • Shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tug’ilishi mumkin:
  •  Idrok qilishdagi ruhiy farq.
  • Ma`naviy (semantik) to`siq.
  • Noverbal imo-ishoralar.
  • Fil’trlash.
  • Aloqa kanallarining haddan tashqari ko`payib ketishi.
  • Nomaqbul tashkiliy struktura.
  • Axborotni uzatish paytida qo`yiladigan asosiy talab – bu uning oshkoraligidir.

  • Ma`naviy (semantik) to`siquzatilayotgan axborotni kodlashtirishda qo`llaniladigan belgi (simvol)larning axborotni qabul qiluvchilar didiga (lavozimlari, mavqelari, mintalitet, milliy urf-odatlari nuqtai-nazaridan) mos tushmaganligida namoyon bo`ladi.
    Odamlar axborot almashinuvi jarayonida quyidagi simvollar bilan almashinishadi: so`zlar, jestlar, intonatsiya. Jo`natuvchi xabarni verbal hamda noverbal simvollar yordamida kodlashtiradi.
    Semantika so`zlar orqali uzatiladigan ma`nolarni qo`llash usulini o`rganadi. Ayrim so`zlar turli odamlar uchun turlicha ma`noga ega bo`lishi mumkin va turlicha anglanishi mumkin. Semantik qiyinchiliklar odamlarning simvollar mohiyatini tushunish usullar ziddiyatlari bilan ham berilgan bo`lishi mumkin.
  • Fil’trlash – axborotning iste`molchiga tez etib borishi jarayonida uni ixchamlashtirish, noxush «ma`lumotlar»dan tozalash maqsadida axborot soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bunday tashqari quyi bo`g’indagi rahbarlar, o`zlari xoxlamagan, ammo yuqori bo`g’indagi rahbarlar bilishi shart bo`lmagan axborotlarni yubormaydilar. Shu tariqa axborot fil’trlanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling