Osiyo xalqaro universitetining


Download 0.6 Mb.
bet8/12
Sana19.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1101680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
институт номенклатураси

Rais Sh.R.Baratov- 1-masala bo’yicha kimda qanday savol va takliflar bor?
Savollar bo’lmadi.
Taklif: institutning o’quv va ilmiy innovatsiyalar bo’yicha prorektori D.Baratova: Institutga oid buyruqlar, farmoyishlarning tayorlanishi saviyasi bo’yicha tahlil qilinib, institut kengashida rektorning yordamchisi, ichki nazorat bo’limi boshlig’i X.Baratov tomonidan ma’lumot berib borilsa.

Rais: Sh.R.Baratov – taklif o’rinli, institutdagi fakultet, bo’limlar, kafedralar rejalarini bajarilishi yuzasidan tahliliy ma’lumot berib boring. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va hay’at qarorlarining o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, institut rahbariyati hamda professor-o’qituvchilarning ijro intizomining bajarilishiga qat’iy rioya qilishlarini nazoratga olish so’raldi.


Agar boshqa savollar,t akliflar bo’lmasa, qaror qismini tasdiqlab berishlaringizni so’rayman. Qarshilar, betaraflar-yo’q.
Institut kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Yangi 2021-2022 o’quv yili munosabati bilan yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan barcha qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda yangi o’quv yili mavsumiga tayorgarlik ko’rish va bajarish bo’yicha chiqarilgan ichki buyruqlarni amalga oshirishini nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilsin. ( Mas’ullar: prorektorlar-D.Baratova, A.Kamalov, fakultet dekani, barcha bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda rektor yordamchisi, ichki nazorat bo’limi boshligi H.Baratov. Muddat: doimiy).
2. Institutda ijro intizomiga qat’iy rioya qilinib, chiqarilgan qaror va buyruqlar hamda vazirlikdan yuborilgan xujjatlar shuningdek, nazorat va yo’l xaritalari ijrosining o’z vaqtida bajarilishiga e’tibor qaratilib, nazorati kuchaytirilsin. (Mas’ullar: prorektorlar, bo’lim boshliqlari, dekan. Muddat: doimiy)
3. Barcha bo’limlar, fakultet, kafedralar rejalarini bajarilishi yuzasidan tahliliy ma’lumot berib borilsin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va hay’at qarorlarining o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, institut rahbariyati hamda professor-o’qituvchilarning ijro intizomining bajarilishiga qat’iy rioya qilishlari nazoratga olinsin.(Mas’ullar: prorektorlar, dekan, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling