Osma konveyerlar


Download 0.64 Mb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1353362
1   2
Bog'liq
LAB№2 Vint shnekli konveyerlar,rolikli konveyerlar va osma konveyerlar

ROLIKLI KONVEYERLAR

Rolikli konveyerlar (yoki rolganlar) asosan donali yuklarni gorizontal yoki sal nishab tekislikda tashish uchun qo‘llaniladi.
Kichik va mayda yuklar xamda tayanch bazasiga ega bo‘lmagan yuklar taglik (poddon) yoki yashiklarda tashiladi. Yuklar ko‘zg‘almas o‘qli roliklar ustidan sirpanib oldiga qarab siljiydi. Ikkita yonma-yon roliklar orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, bunda yuk kamida ikkita rolik ustiga joylashgan bo‘lishi lozim.
Yuklar itarib (tolkanie) xarakatga keltiriladi yoki bo‘lmasa roliklar maxsus yuritma orqali xarakatga keltiriladi. Birinchi xolatda roliklar yuritmasiz, ikkinchi xolatda esa yuritmali deb ataladi.
Yuritmasiz rolikli konveyer mebel shchit to‘plamlarini ish joyiga keltirishda va ulardan olib ketishda ko‘llaniladi. Bundan tashqari yuritmasiz roliklardan ustida xar-xil zagotovka va shchitlarni saqlashda xam foydalanish mumkin. Quyida rolikli konveyerni texnikaviy tavsifi keltiriladi.
Yukni ko‘tarib turish kuchi (gruzopod’emnost) , kg. ....….700
Balandligi, mm ……………………………..................……250
Gabarit o‘lchamlari, mm:
uzunligi……………............................…………… 1700
eni (kengligi)……............................………………..600
Massasi, kg ……………............….....……………………..200
27- rasmda yuritmasiz va yuritmali rolikli konveyerlarni sxemasi keltirilgan.
27– rasm. Yuritmali va yuritmasiz rolikli konveyerlar:


a – gorizontal yuritmasiz; b – nishabli yuritmasiz (gravitatsion); v- yuritmali konveyer (ustidan ko‘rinishi).

Yuritmali rolganglarda roliklar zanjirli uzatma yordamida (27 -rasm, v) elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladi. Ular ustida harakatlanadigan yukka juda oz miqdorda qarshilik ko‘rsatishi tufayli mebel va taxta-tilish korxona sexlarida har xil yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashishda juda keng ko‘llaniladi.





    1. Tebranuvchi konveyerlar

Tebranuvchi konveyerlar sochiluvchan va kamdan-kam donali materiallarni 50 m gacha, ayrim hollarda 100 m gacha masofaga gorizontal, bir oz (10...15) qiya, shuningdek, vertikal yo‘nalishda siljitish uchun ishlatiladi. Tebranuvchi konveyerlarning ish unumdorligi 400 m3/soat gacha boradi.
Tebranuvchi konveyerlar nov harakatining rejimi va yuk harakatining xarakteriga qarab, inersion va vibratsiyali turlarga bo‘linadi. Yuk harakatining xarakteriga ko‘ra bular boshqa konveyerlardan prinsipial farq qiladi. Inersion konveyerlarda inersiya kuchi ta’sirida yuk novda sirpanib harakat qiladi.
Novga o‘zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inersion konveyer tebranuvchi tayanch 2 ga o‘rnatilgan va krivoshipli mexanizmlar 3 ta’sirida harakatlanuvchi nov yoki truba 1 dan iborat. Tayanch stoykalar nov tomon burchak ostida o‘rnatilib, yuk va nov bilan birga oldinga harakatlanganda yuk bir qancha olg‘a siljib, harakat orqaga qaytganda tushadi. Bu konveyerda sikllar soni 1 minutga 300...400, o‘rtacha tezligi 0,15...0,2 m/s va yukning qalinligi esa 100 mm dan oshmaydi.



28-rasm. Tebranuvchi konveyerlar


Novga doimiy yuk bosimi tushadigan inersion konveyerning (3b-rasm), o‘zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inersion konveyerdan farqi shuki, nov 2 ularda rolikli yoki sharikli tayanch 3 da o‘rnatiladi va u krivoshipli mexanizm yordamida bo‘ylama ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Bu mexanizm sharnirli to‘rt zvenoli OAVS konturli mexanizm bo‘lib, unda OA krivoship bir xil tezlikda aylanadi va VS krivoship esa notekis aylanib, tebranish harakatini tortqi 1 orqali nov 2 ga uzatadi. Bu konveyerlarda yukning qalinligi 50...100 mm, tezligi 0,2 m/s dan oshmaydi, tebranish amplitudasi esa 50...150 mm va tebranishlar soni 1 minutda 50...100 mm gacha bo‘ladi. Tebranuvchi konveyerlarning afzalligi: konstruksiyasi oddiy; quritish, sovitish va boshqa har xil texnologik operatsiyalarda ishlatiladi va germetik bo‘lganligi sababli zaharli, issiq va changsimon materiallarni tashish mumkin, shuningdek, 1 t materialni 1 m masofaga tashish uchun sarflanadigan elektr energiya miqdori kam. Kamchiligi: yuk yuqoriga tashilganda ish unumdorligi pasayib ketadi; yopishqoq materiallarni tashib bo‘lmaydi; changsimon materiallarni tashiganda ish unumdorligi va tezlik kamayadi; qirrali materiallar (asosan inersion konveyerlarda) tashilganda nov yoki truba tez yeyiladi.
Inersion konveyerlarning unumdorligi, t/soat quyidagicha aniqlanadi:


(13)
bu yerda: vyukning nov ichidagi tezligi, m/s;
A – nov ichidagi yuk kesmasining yuzasi, m2;
1 – to‘zg‘itilgan yukning sochma zichligi (1=0,8), kg/m3.
Konveyer yuritmasining quvvati (kVt) empirik formula bo‘yicha aniqlanadi


(14)
G0 – tebranuvchi konveyer harakatlanayotgan qismi va tashilayotgan yukning og‘irlik kuchi, kN.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling