O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


 Rozentsveygning frustratsion barqarorlik testi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

15. Rozentsveygning frustratsion barqarorlik testi. Bolalar varianti uslubi 
4–14 (7–14) yoshli bolalar uchun ishlab chiqilgan. Test yordamida ijtimoiy 


adaptatsiya darajasini aniqlashga imkon beradi hamda o’quvchilarning 
tengdoshlari va o’qituvchilariga nomunosib munosabati sabablari (janjalli, 
agressiv, yakkalanish), stressli vaziyatlarda emotsional andozalarga mos 
munosabat bildirish darajalari aniqlanadi. 
16. Kettellning shaxsiy omilni so’rovnomasi. O’smir va bolalardagi shaxs 
xususiyatlari, ijtimoiy adaptatsiya bosqichi, emotsional, shaxsiy muammolarini 
aniqlash imkonini beradi. Metodika bolalar (7–12 yosh) va o’smirlar (12–16 yosh) 
guruhi uchun mo’ljallangan. 
Suitsidal xulq-atvorning diagnostik belgilari 
1.Yakkalanish. Har bir odam uchun yakka o’zi qolishga intilishi tabiiy va 
normal holat. Ogoh bo’ling, odamovilik, yakkalanish uzoq davom etsa, odam o’zi 
bilan o’zi bo’lsa, do’stlari va o’rtoqlaridan chetlanib qoladi. Suitsidal o’smirlar tez-
tez o’zi bilan o’zi qoladi, atrofdagilardan chetlashadi, uzoq vaqt o’z xonasidan 
chiqmaydi. Natijada ular musiqa tinglashadi, hayotdan butunlay uzilishadi. 
2.Injiqlik, nozikta’blik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan ma’yuslanib, injiq 
bo’lib qoladi. Bu holatga ob-havo, charchash, kayfiyat, ish yoki oiladagi 
noxushliklar sabab bo’lishi mumkin. Qachonki, odamning kayfiyati har kuni 
asabiylashishi va tushkunlik o’rtasida o’zgarib tursa, xavotirga sabab bo’ladi. 
Bundan emotsional o’zgaruvchanlik o’limdan xabar hisoblanadi. 
3.Depressiya. Bu chuqur emotsional tushkunlik bo’lib, har bir odamda 
o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Ba’zilar odamovi bo’lib, yakkalanib qoladilar, 
ular o’zlarining hissiyotlarini shunday yaxshi niqoblaydilarki, atrofdagilar ularning 
xulq-atvorlaridagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday hollarda yagona yo’l – 
to’g’ridan-to’g’ri va ochiqchasiga bu odam bilan gaplashish. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling