O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

4.Agressivlik. O’z joniga qasd qilish aktiga, ko’pincha, tutoqish, 
g’azablanish, nafrat, shafqatsizlik sabab bo’ladi. Ko’pincha, bunday ko’rinish 
suitsidentning o’ziga e’tibor qaratishi, yordam so’rashi hisoblanadi. Biroq, bunday 
chaqiruv, odatda, aks natija beradi – atrofdagilar suitsidentni yoqtirmay qolishadi, 
undan uzoqlashishadi. Hamdardlik o’rniga o’rtoqlari tomonidan qoralanishga 
erishadi. 


5. O’ziga zarar etkazish va xavfli xulq-atvor. Ba’zi suitsidal o’smirlar doim 
o’zlariga zarar keltirishga harakat qiladilar, o’zlarini “xavf chegarasida” dek 
tutadilar. Ular qaerda bo’lmasinlar – gavjum chorrahadami, tog’ yo’lidami, tor 
ko’prikdami yoki temir yo’ldami – tavakkal qilib katta tezlikda yuradilar.
6.O’ziga hurmatning yo’qolishi. Yoshlar o’zlariga juda past baho berib yoki 
o’zlariga hurmatsizlik bilan qarash orqali o’zlarini hech kimga kerakmas, hech kim 
sevmaydigan, hech narsaga yaramaydigandek hisoblaydilar. Ularga o’zlarini xuddi 
autsayder va omadsiz, qo’lidan hech narsa kelmaydigan, hech kim 
yoqtirmaydigandek tuyuladi. Bunday vaqtda ularga o’lib ketgani afzaldek 
ko’rinadi. 
7.Ishtahaning o’zgarishi. Ishtahaning yo’qligi yoki, aksincha, me’yordan 
ortiq ishtaha orqali o’ziga zarar etkazish fikri bilan bog’liq bo’lib, har doim 
potentsial xavf mezonlari sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Yaxshi ishtahali o’smirlar 
injiq bo’lib qoladilar, ishtahasi yomon yoki uncha yaxshi bo’lmaganlar esa, “uchta 
tomoqqa” eydilar. Shunga muvofiq, ozg’in o’smirlar semiradilar, to’laroq 
o’smirlar, aksincha, ozadilar. 
8. Uyqu tartibining o’zgarishi. Ko’pgina suitsidal o’smirlar butun kun 
davomida uxlaydilar: ayrimlari, aksincha, uyqusizlikka uchraydilar, yarim 
kechagacha xonalarida u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ba’zilari ertalabga yaqin 
uyquga yotadilar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling