1 Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorning sabablari,
shakllari.
Suitsid – qasddan o’limga olib keluvchi shikast etkazish (o’z
joniga qasd
qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga
tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati,
deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (etuklik) suitsid”
atamasi ham qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida
o’z joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova,
E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar
suitsidi katta yoshdagilar
suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan,
suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-
psixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z
joniga qasd qilish
(haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga
ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan
suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga
olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb belgilaydi.
Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z
ichiga
suitsidal fikr, maqsad, mulohaza,
tahdidlar, suiqasd va unga urinishni o’z
ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd
qilish, balki, ko’pincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”.
Suitsidal fikrlashda o’lim, suitsid yoki jiddiy o’ziga shikast etkazish
tushuniladi.
Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha bo’lib, unga suitsidal fikrlash,
shuningdek, insonning o’z joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi.
Suitsidal
urinish atamasini o’z joniga shikast etkazishga urinish yoki o’z joniga qasd qilish
o’lim oqibatlariga olib kelishini bildiradi.
Suitsidal urinishdan to’xtatish
tushunchasi ko’proq tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi va shaxs o’z joniga qasd
qilishga o’zini
tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini
o’zgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, o’z joniga qasd qilish arafasida o’ziga
shikast etkazayotganini tushunib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: