O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga ko’ra o’lim 
bilan tugamaydigan, ya’ni suitsidentga bog’liq bo’lmagan (masalan, o’z vaqtida 
tegishli jonlantirish) qayd etiladi.
Suitsidal urinishlarga namoyishkorona harakatlar, ya’ni suitsident o’zi 
qo’llayotgan vositaning joniga qasd qilishiga xavfsiz hisoblanadi. Yuqorida 
aytilganlar bu harakatlar amalga oshishi mumkinligi xavfini kamaytirmaydi.
Suitsidal namoyishlarga o’z joniga qasd qilishga yo’naltirilgan biron-bir 
harakatlarga olib kelmaydigan suitsidal fikrlar, ishoralar va mulohazalarga 
tegishlidir. 
Suitsidning yaqinlashayotgani suitsidal davr oldidan ma’lum bo’ladi. U bir 
necha soniyadan bir necha yilgacha o’zgarib turadi. Ko’pincha, bu o’smirlar va 
katta yoshdagilarda hayotning qiyin vaziyatlarida namoyon bo’ladi. Bu davr 
suitsidning ilk bosqichi hisoblanib, tugallanmagan suitsid harakatlarda, 
shuningdek, undan oldinroq namoyon bo’ladi. 
Suitsid oldi davri quyidagicha ta’riflanadi: odamda avval ahamiyatsiz fikrlar 
tug’iladi, hayot qadrini o’ylamaydi, “yashash kerak emas, hayotdan charchadim”, 
“bularning hammasi qachon tugaydi?” “hammasi jonga tegdi” va shunga o’xshash 
fikrlarni o’ziga shior qilib oladi. Ular o’lim haqida aniq tasavvurga ega emas, lekin 
yashashni inkor qiladi. Bunday suitsidal usul u yoki bu vaziyatlarda hamma 
odamlarda uchrab turadi. Agar jarayon davom etsa, keyingi bosqichlarda passiv 
suitsidal fikrlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish mavzusidagi fantaziyalar bilan 
tavsiflanadi. Masalan: “uyquga yotsang-u, hech qachon uyg’onmasang”, “bironta 
qo’rqinchli kasal bilan kasallansang” va shunga o’xshash insonning suitsidga ichki 
tayyorligi aks etadi. 
Uchinchi suitsid oldi bosqichida o’lish istagi tan olinadi. Bu davr uchun 
rejalangan suitsid xosdir. Bu vaqtda suitsid rejasi ishlab chiqiladi, usullari o’ylab 
topiladi, vaqt va joy tanlanadi. 


Suitsidal harakatlar, fikrlar, tayyorlik, tahdidlar va boshqa davrlar, ya’ni o’z 
joniga qasd qilish qarori qabul qilingan davr – suitsidal davr deb nomlanadi.
Shu tariqa suitsidal oldi va suitsidal davrlar – bu bosqichlar odamni o’z 
joniga qasd qilishga u yoki bu usulda tayyorlashi bilan tasniflanadi.
Xorij adabiyotlarida suitsidal xulq-atvorni quyidagi turlari tavsiflanadi: 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling