O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


xulq-atvor quyidagilarga ajratilgan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

xulq-atvor quyidagilarga ajratilgan: 
-emotsional yuklamalarga bag’rikenglikning kamayishi; 
-qat’iylik; 
-chiqarilgan hukmning etilmaganligi; 
-o’zaro fikr almashinuv doirasining nochorligi; 
-teng imkoniyatlarga shaxsning o’z bahosi; 
-shaxsiy psixik himoyaning sustligi; 
-hayot qadrini tushishi va yo’qotilishi; 
-perfektsionizm; 
-moslashuvchanlik usuli; 
-fikrlarning ikki xilligi va boshqalar. 
O’z joniga qasd qilishning ishonchli ko’rsatkichlaridan biri suitsidga avvalgi 
urinishlar yoki parasuitsidal ko’rinishlar hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy 
mualliflarning tadqiqotlariga ko’ra, suitsidal urinish kuzatilgan shaxslar, umumiy 
aholiga taqqoslaganda, 20–30 karra ortgan. Mahalliy tadqiqotlarning ma’lumotiga 
ko’ra, har ikkinchi suitsident yil davomida qaytadan o’z joniga qasd qilishga 
uringan va natijada har o’ninchisi vafot etgan (G.V. Starshenbaum). 
 
 


 
 
4. O’smir va o’spirinlar suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos 
xususiyatlari 

Ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlarida suitsidal xulq-atvor o’ziga xos 


xususiyatlarga ega. Ikkita asosiy “avj”ga bo’linadi: “yoshlikning avji” – 15 dan 23 
yoshgacha va “involyutsiya avji” – 40 yoshdan so’ng. Tajriba va ko’p sonli 
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, eng ko’p o’ziga xos xususiyat bolalik-o’smirlik 
bosqichi va inson hayotining involyutsion davriga ajratib ko’rsatiladi.
O’smirda suitsidal ko’rinishning tahlil natijalarini ko’rsatishicha, bu yoshda 
suitsidal xulq-atvor, garchi kattalarning xulq-atvori bilan ko’p tomonlama o’xshash 
bo’lsa-da, baribir o’z yoshiga xos xususiyatlarga ega. Bu fiziologik va psixologik 
mexanizmlar, o’sayotgan organizm va shaxsning shakllanish davridagi o’ziga 
xoslik bilan bog’langan. 
Bolalar va o’smirlarda autoagressiv harakatlar o’ta xavflidir. 
O’smirlar uchun o’lim ancha oshkora hodisa sifatida shakllanib boradi. 
Lekin ular o’zlari uchun, mototsiklni juda tez haydash, xavfli narsalar bilan tajriba 
o’tkazish yoki o’ziga jalb qiluvchi, lekin tahlikali faollik bilan shug’ullanishlarini 
rad etadilar. Keyinchalik, o’smir o’zining o’limi haqidagi fikrga keladi, lekin bu 
vahimani engib o’tib rad etadi. Bolalar ko’pincha o’smirlar suitsid sodir etib, o’lim 
bilan yakunlanishini nazardan qochiradilar. Kattalarga qaraganda, ularda haqiqiy 
suitsidal urinish va namoyishkorona shantaj autoagressiya (o’ziga yo’naltirilgan 
agressiya) o’rtasida aniq chegaralar mavjud emas. Bu bolalar va o’smirlarda 
autoagressiyaning hamma ko’rinishlarini amaliyotda turli ko’rinishdagi suitsidal 
xulq-atvor sifatida ko’rib chiqishga majbur qiladi.
O’zining o’limiga atrofdagilarning guvohligi yoki “qayta tug’ilish”ga intilish 
bolalar va o’smirlar suitsidenti uchun xosdir. Bolalik davrida o’lim haqidagi 
tasavvur bir necha bosqichda bo’ladi: bola ongida o’lim haqidagi tasavvurlarning 
butunlay yo’qligidan, to hayotdan ketishning rasman belgilari bilan tanishish (aza, 


janoza tushunchalari) va boshqalar. Bolaning o’limdan xabardor bo’lish na uning 
shaxsiyatiga, na uning yaqinlarining shaxsiyatiga to’g’ri kelmaydi, aksincha 
shakllanmagan o’lim bu abadiy o’lim, go’yoki uzoq muddatga yo’qlik yoki tiriklik 
sifatida tushuniladi Bola ikkala tarafda bo’lish imkoniyatini tan oladi: atrofdagilar 
uchun o’lish va shu bilan birga ularning qayg’urishlarini, o’z janozasiga guvoh 
bo’lishni va uni xafa qilganlarning afsuslanishlarini kuzatishni istaydi. O’lim 
qo’rquvining yo’qligi bola psixikasini ajratib turuvchi xususiyatdir. Bolalar va 
o’smirlarni namoyishkorona harakatlardan uzoqlashtirish xato hisoblanadi. 
Hayotiy tajriba va tasavvurlarning etarli emasligi natijasida bironta usul tanlay 
olmaydi. Natijada rejasizlik, o’z joniga qasd qilish usullarini bilmaslik yuqori 
darajada o’lim xavfini tug’diradi. Shuningdek, xavf yosh xususiyatlariga qarab 
ham ortadi. Lekin, hayot qadri tushunchasini anglamay turib, o’smirlarda o’lim 
qo’rquvi shakllanadi. “Metafizik intoksikatsiya”, o’smirning o’ziga xos 
psixologiyasi, jumladan hayot va o’lim mavzusida fikrlashida namoyon bo’ladi. 
Umumiy beqarorlik, tanqidning etishmasligi, o’ziga nisbatan yuqori baho berish va 
xudbinlik hayot qadrini anglashning pasayishi uchun sharoit yaratadi, bunda 
o’smirning hissiyotlari salbiy tus oladi hamda mojaroli vaziyatlarda suitsidal xulq-
atvor uchun zamin yaratadi. 
O’z hayotiga nuqta qo’yish maqsadini anglash mezonlaridan tashqari, 
kattalarda o’z joniga qasd qilish haqiqatini aniqlash uchun suitsid va suitsident 
xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari uslublari tahlil qilinadi.
Suitsidning xavfli mojaroli vaziyatlarini tahlil qilish orqali ular bola yoki 
o’smir uchun arzimas narsalar, kattalarning fikricha, kelishmovchiliklar sababli 
yuz beradi. Shuningdek, baholashda ayrim maksimalizm: o’z qilmishlarining 
haqiqiy oqibatlarini ko’ra bilmaslik va bo’lgan hodisalarning oqibatini tashxis 
qilish, hayotiy tajribaning yo’qligi bolalikning o’ziga xos davri va chorasizlik, 
mojaroning hal bo’lmasligi, afsuslanish va yolg’izlik hissini paydo qiladi. 
Bularning hammasi, hattoki, arzimas nizoli vaziyatlar bola uchun, ayniqsa, o’smir 
uchun atrofidagi kattalarning ba’zida xolis baholamasliklari suitsid xavfini 


oshiradi. Bularning hammasi pubertat yoshda suitsidal xavfning oshishiga sabab 
bo’ladi. 
Agarda katta yoshli suitsidentlar orasida ahamiyatli darajada erkaklar (1G’3) 
ustun bo’lsa, o’smirlar orasida bu ko’rsatkich ya’ni qarama-qarshi qizlar o’rtasida, 
shu yoshdagi o’g’il bolalarga qaraganda (3,9% qarshi 1,6%), o’zini o’ldirish, 
deyarli, 2,5 marta ko’p. Bu erda, aniqlanishicha, suitsidal xulq-atvor jinsga bog’liq 
emas, balki qizlar rivojlanishda ushbu yosh diapazonida oldindaligidir. 
Suitsidal sindromga yosh bosqichining ta’siri quyidagi ma’lumotda ya’ni 
o’limga intilishning kuchli shakliga duchor bo’lganlar 1,3 % 10–11 yoshli 
o’smirlar, 1,9 % 12–13 yoshlilar, 2,7% 14–15 yoshlilar va 4,5% 16–18 yoshlilarda 
kuzatiladi. Bu fenomen bola modeli bilan atrofdagi ijtimoiy dunyoning munosabat 
umumlashmasida ko’proq javobgarlik xulq-atvori yotadi. Qizlarga nisbatan o’g’il 
bolalarda avvalroq katta bo’lib, bu jarayonni o’zida chuqur his qiladi. 
O’smir yoshda suitsidal xulq-atvorni paydo bo’lishiga oilaviy munosabatlar 
omili sezilarli darajada ta’sir qiladi. Tadqiqotlarga ko’ra, ota va ona 21 % 
“muammoli” o’smirlarga ideal hisoblanadi, normal guruhda o’g’il va qiz bolalar bu 
ko’rsatkichning 41% (ota uchun) va 5% (ona uchun) ni tashkil etadi. 
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, onalar ko’pgina o’smirlarning ishonchini 
qozonishgan (77% hamma so’ralgan o’g’il va qiz bolalar). O’smirda suitsidal 
sindrom qanchalik kuchli bo’lsa, onasiga shunchalik kam ishonadi, yanayam 
kamroq otasiga (23–29%). Ota-onalar bilan ishonchli munosabatlarning yo’qolishi 
– o’smirlarda suitsidal sindromining kuchli omillaridan biri sanaladi. O’smir ota-
onasiga qanchalik kam ishonsa, uni shunchalik ko’p o’z joniga qasd qilish haqidagi 
fikr qiynaydi. Bolalarning ota-onasi bilan yaxshi munosabatlari suitsid tahlikasini 
1% gacha kamaytiradi, aksincha, doimiy janjallar bu tahlikani 18% ga 
ko’paytiradi. Bolalar faqat ota-onalari bilan nizolarnigina emas, ularning o’zlariga 
befarqliklarini ham og’ir oladilar. 17% yosh insonlarda yolg’izlikning halokatga 
olib borishi mumkinligi, ularning aytishicha, o’z hayotlarining og’ir daqiqalarida 
ham hech kimdan yordam so’rashni xohlamasliklaridir. Atrofidagi o’nlab odamlar 
orasida birontasi yo’qki – tug’ishganlari, yaqinlari, do’stlari va o’qituvchilari – 


hech kim, yosh insonlarning katta tashvishlarini bo’lishsa, ko’nglini bo’shatsa, 
hamdardlik hissini his qilsa yoki foydali maslahat bera olganda namoyon bo’ladi. 
O’smirlik davri ontogenez bosqichining o’ziga xos xususiyati, suitsidal xulq-atvor 
motivatsiyasi va dinamikasidan farqlanadi. Bu yoshda yashirin depressiya ham 
suitsidga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, bolalar va 
o’smirlardagi depressiya ko’pincha, giperaktivlik, agressiya bilan niqoblangani 
sababli tashxis qo’yish qiyinlashadi. O’smir yoshi uchun boshqalardan farqli 
o’smirlardan iborat suitsid xavfli guruhlar mavjud bo’lib, ular sevgi va jinsiy 
munosabatlar tuyg’ulari ideallashtirilgan axloqi bilan ajralib turadi. 
Bolalarda suitsidal xulq-atvorning asosiy sabablari: 
-32% – xafalik; 
-30% – norozilik; 
-38% – yolg’izlik, uyat, o’zidan qoniqmaslik. 
O’smirlarda suitsidal urinish va o’lim o’rtasidagi nisbat – 50:1. Qizlar va 
o’g’il bolalar suitsidal urinishining nisbati – 2,5:1. Namoyishkorona urinish 
orasidagi nisbat – 4,3:1. 19 yoshgacha bo’lgan suitsidentlarning ko’proq qismini 
qiz bolalar tashkil qiladi. Suitsidal urinishga qo’l urgan o’smirlarning holati psixik 
jihatdan shikastlangan, suitsiddan keyingi psixik holat, shaxsiy xarakterga oid 
ta’sirlanishning o’ziga xos xususiyatlari, suitsidal urinish va somatik oqibatlar 
bilan bog’liq qo’shimcha tashvishlar, oilaviy mikroiqlim va atrof muhit holati bilan 
belgilanadi. 
Ob’ektiv qonuniyatlarga ko’ra, tadqiqotchilarning oldida o’smir suitsidi 
muammosiga oid, ko’pincha, kimlar suitsidga qo’l uradi, degan savol turadi. 
O’smirlardan qaysi biri “tahlika guruhi”ga kiradi? Xavfga kim duchor bo’ladi? 
Qaysi tipdagi odamlar “suitsid xavfli” ekanligi ma’lum bo’lsa ham, ma’lumki, 
ba’zi o’smirlar arzimagan vaziyatlar sababli o’z joniga qasd qilish tahlikasiga 
duchor bo’ladilar. Quyidagilarda suitsidal xavf yuqori bo’ladi: 
-depressiv o’smirlar; 
-spirtli ichimlik va narkotikka ruju qo’ygan o’smirlar; 


-yo suitsidga uringan yoki oila a’zolaridan kimdir suitsidga qo’l urganda 
guvoh bo’lgan o’smirlar; 
-iste’dodli o’smirlar; 
-maktabda yomon o’zlashtirgan o’smirlar; 
-homilador qizlar; 
-tajovuz qurboni bo’lgan o’smirlar. 
Alohida-alohida olganda, o’z holicha, o’smir duch kelgan har bir vaziyat 
yoki muammolar, albatta, uning suitsidal xavfning yuqori chegarasida bo’lishini 
anglatmaydi. Biroq, bunday muammolar, so’zsiz uning hayotini qiyinlashtiradi. 
Bunday vaziyatlarning birontasiga duch kelgan o’smir emotsional, aqliy va 
jismoniy tomondan noxushliklarga qarshi turolmaydi va suitsid uning uchun eng 
to’g’ri yo’l, deb hisoblaydi. 
Bola va o’smirlik yoshida suitsidal xulq-atvor shakllanishi ko’p hollarda 
suitsident shaxsining ba’zi xususiyatlariga bog’liq. Bunday shaxslarda emotsional 
beqarorlik, yuqori hissiyot, sentizivlik, ta’sirchanlik kuzatiladi. Bu sifatlar 
xarakterga 
urg’u berish darajasigacha ifodalangan, ijtimoiy-psixologik 
dezadaptatsiyasi nuqtai nazaridan shaxsning pubertat davrini tashkil etadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling