O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

bo’yicha tavsiyalar 
Suitsidga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ikkita asosiy 
yo’nalishda amalga oshiriladi: 
–o’z joniga qasd qilish profilaktikasi; 
– suitsident va uning atrofidagilarning reabilitatsiya va adaptatsiyasi. 


Suitsidal xulq-atvor profilaktikasida davlat, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, 
psixologik, pedagogik va suitsidal xulq-atvor rivojlanishidan ogohlantirishga 
yo’naltirilgan boshqa tadbirlarni tushunish mumkin. Xorij mamlakatlarida o’z 
joniga qasd qilish profilaktikasi maxsus suitsidologik xizmatlar (“ishonch 
telefoni”, ijtimoiy-psixologik 
yordam 
xonalari, inqirozli 
holatlar 
bilan 
shug’ullanuvchi bo’limlar), mutaxassislarni suitsidal moyillikni aniqlashga 
o’rgatish, aholini suitsid vositalariga huquqini cheklash, ommaviy axborot 
vositalarida o’z joniga qasd qilish haqida xabarlarni nazorat qilish yordamida 
amalga oshiriladi. 
AQShda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga 
sabab bo’ldi, 1966 yilda Psixologik sog’lomlashtirish milliy instituti suitsid 
profilaktikasini o’rganish bo’yicha markaz tashkil qilindi. O’z joniga qasd qilish 
darajasini kamaytirish uchun “buni shunday qilish kerakki, insonlar hayoti saqlab 
qolinishi mumkinligiga hamma ishonsin”. Keyinchalik, ikki psixolog – Edvin 
Shneydman va Norman Farberou Los-Anjelesda Suitsid profilaktikasi markazini 
tashkil qilishdi hamda hozirgi kunda dunyoga mashhur muassasa hisoblanadi. 
Markaz xodimlarini psixologlar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar va ko’p qismini 
volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQShda suitsid profilaktikasi bo’yicha 
200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. 
AQShda hozirgi kunda o’z joniga qasd qilish profilaktikasi bo’yicha 
muassasalarni tashkil qilishga oid ko’pgina variantlar mavjud. Ularning umumiy 
xususiyati inqiroz holatida shoshilinch yordam ko’rsatish uchun telefon 
aloqalarining mavjudligi hisoblanadi. Ularning xodimlari o’z joniga qasd qilishga 
uringan odam bilan ikki yoqlama aloqa o’rnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga 
kirishadilar. 
Uning 
muammolarini 
hal 
qilib, 
emotsional 
zo’riqishlarni 
engillashtirish mumkinligini ma’lum qiladilar. Telefon- maslahatchi abonentning 
suitsidal potentsialini baholashi lozim. Ular muassasalar, kasalxonalar
amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki 
umumiy ixtisoslashgan shifokorlar hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur 
bo’lsa, militsiyadan foydalanish zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz 


vaqtida eng samarali yordam oila hisoblanadi, desalar, ba’zilar yaqin do’stlarning 
qo’llab-quvvatlashi muhim, deb taxmin qiladilar. Agarda suitsidal inqiroz 
tugallanishga yaqinlashsa, abonentni maxsus xizmatlarning psixiatrik yordamiga 
yuborish mumkin. 
Dunyoviy amaliyotda suitsiddan ogohlantirish tizimini quyidagicha ajratish 
mumkin: 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling