O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


O’zlashtirishdagi o’zgarishlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

9. O’zlashtirishdagi o’zgarishlar. Ba’zi o’quvchilar avval yaxshi va a’lo 
baholarga 
o’qigan bo’lsalar, sekin-asta dars qoldirishni boshlaydilar
o’zlashtirishlari keskin tushib ketadi. Avval kechikib keladigan bo’lsa, endi 
maktabdan damba-dam ketib qoladi. 
10.Tashqi ko’rinish. Shunday holatlar mavjudki, suitsidal o’smir o’zining 
tashqi ko’rinishiga e’tibor bermay qo’yadi. Inqiroz holatidagi o’smirlar pala-
partish, ular atrofdagilarda qanday tasavvur qoldirayotganlariga befarq bo’lib 
qoladilar. 
11.Atrofidagilarga sovg’alar ulashish. Ayrim suitsid holatini rejalashtirgan 
odamlar o’z narsalarini taxminan yaqinlari, do’stlariga tarqatadilar. Tajribalarning 


ko’rsatishicha, bu mudhish aktsiya – kelayotgan baxtsizlikdan darak. Bunday 
paytlarda suitsident bilan ochiqchasiga gaplashib olish tavsiya etiladi.
12.Ishlarni tartibga solish. Ba’zi suitsidal o’smirlar o’zlari yoqtirgan 
narsalarini tarqatsalar, boshqalari o’limlari oldidan “ishlarini tartibga solish” zarur, 
deb hisoblaydilar. 
13.Psixik jarohat. Har bir odam o’z individual his-tuyg’ulariga ega. Uning 
poymol qilinishi esa katta emotsional iztirobga yoki iztirobli kechinmalarning 
zanjiri asta-asta yig’ilishiga olib keladi. Yaqinlaridan, uyidan, ko’nikkan hayot 
tarzidan ajralish, jiddiy jismoniy va psixik yuklamalarga duch kelish, notanish 
sharoit va muhit odamga hayotidagi fojiadek ko’rinadi. Bunga yana ota-onaning 
ajralishi, yaqinlarining o’limi yoki omadsizligi, shaxsiy qiyinchiliklar qo’shilib, 
unda suitsidga moyillik fikri va kayfiyatini o’z ichiga oladi.
14. Xulq-atvordagi o’zgarishlar. Odamning xulq-atvorida to’satdan va 
kutilmagan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatish zarur. Agarda vazmin, kamgap, 
odamovi odam, to’satdan ko’p hazillashsa, kulsa, vaysaqi bo’lib qolsa, unga 
e’tiborli bo’lishi kerak. Bunday o’zgarish, ba’zida juda ham yolg’izlikni boshdan 
kechirayotgan, uni niqoblashga urinib, quvnoqlik, beg’amlik niqobi kiyilganiga 
guvoh bo’lish mumkin. Boshqa tashvishli belgilar-energetik quvvatning pasayishi, 
passivlik, hayotga, munosabatlarga beparvolik hisoblanadi. Inqirozni boshdan 
kechirayotgan o’smirlar, avval o’zlari yaxshi ko’rgan hamma narsaga qiziqishlarini 
yo’qotadilar. Sportchilar o’z jamoalarini, musiqachilar o’zlarining sevimli musiqa 
asboblarini tark etadilar, kimdir har kuni ertalab yugurish bilan shug’ullanayotgan 
bo’lsa, bu mashg’ulotdan sovib ketadi. Ko’pchilik do’stlari bilan uchrashishdan
qadrdon ulfatlaridan qochadilar, yakkalanib qoladilar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling