5. O’ziga zarar etkazish va xavfli xulq-atvor. Ba’zi suitsidal o’smirlar doim
o’zlariga zarar keltirishga harakat qiladilar, o’zlarini “xavf chegarasida” dek
tutadilar. Ular qaerda bo’lmasinlar –
gavjum chorrahadami, tog’ yo’lidami, tor
ko’prikdami yoki temir yo’ldami – tavakkal qilib katta tezlikda yuradilar.
6.O’ziga hurmatning yo’qolishi. Yoshlar o’zlariga juda past baho berib yoki
o’zlariga hurmatsizlik bilan qarash orqali o’zlarini hech kimga kerakmas, hech kim
sevmaydigan, hech narsaga yaramaydigandek hisoblaydilar. Ularga o’zlarini xuddi
autsayder va omadsiz, qo’lidan
hech narsa kelmaydigan, hech kim
yoqtirmaydigandek tuyuladi. Bunday vaqtda ularga o’lib
ketgani afzaldek
ko’rinadi.
7.Ishtahaning o’zgarishi. Ishtahaning yo’qligi yoki,
aksincha, me’yordan
ortiq ishtaha orqali o’ziga zarar etkazish fikri bilan bog’liq bo’lib,
har doim
potentsial xavf mezonlari sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Yaxshi ishtahali o’smirlar
injiq bo’lib qoladilar, ishtahasi yomon yoki uncha yaxshi bo’lmaganlar esa, “uchta
tomoqqa” eydilar. Shunga muvofiq, ozg’in o’smirlar semiradilar, to’laroq
o’smirlar, aksincha, ozadilar.
8. Uyqu tartibining o’zgarishi. Ko’pgina suitsidal o’smirlar
butun kun
davomida uxlaydilar: ayrimlari, aksincha, uyqusizlikka uchraydilar,
yarim
kechagacha xonalarida u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ba’zilari
ertalabga yaqin
uyquga yotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: