O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

Faoliyatga yo’naltirish 
-muhtojlar uchun kecha-kunduz amalga oshirish; 
-suitsidal xavf guruhidan faollarni topish; 
-o’z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni nazorat qilish. 
Idoralar va tizimlar 
-aholi uchun maslahatxonalar; 
-shoshilinch telefon yordami xizmati; 
-sutkalik gospitalizatsiya xizmati; 
-ambulator xizmatlar; 
-suitsidetlar uchun (kunduzgi statsionar) “yarim yo’ldagi uy”, bemorlarning 
bemalol ishlashlariga imkon beruvchi kechki soatlarda qisman gospitalizatsiya 
dasturi;
-suitsiddan ogohlantirish va suitsid interventsiyasini o’z ichiga olgan 
shoshilinch psixiatrik yordamlar; 
-shifokorlarga, yuristlarga, turli yordam ko’rsatuvchi agentliklarga 
shoshilinch yuborish dasturi; 
-suitsid fenomenologiyasini o’rganishga yo’naltirilgan ommaviy ta’lim 
dasturlar. 
Suitsidal xavfning zamonaviy profilaktikasi umumiy ixtisoslashgan 
kasalxonalar, psixik sog’lomlashtirilgan markazlar, psixiatrik klinikalar, cherkov 
maslahatxona markazlari, antisuitsidal bo’limlar, telefonda psixologik yordam 
xizmati va zaharlanishdan davolash markazida shoshilinch psixiatrik yordamlarni 
birlashtiradi. Bu xizmatlarning har biri suitsidga moyil odamlarga muhim amaliy 
yordamlar beradi. 


Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni 
tashkil qilish 
Suitsidologik yordam tashkil qilish bu tizim davolash-profilaktika 
choralari bo’lib, maxsus yordam ko’rsatishga yo’llangan suitsidal (autoagressiv) ga 
moyil odamlarga ko’rsatiladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi: 
-birinchi yordam: shifokorgacha (hamma odamlar yordam ko’rsatishi 
mumkin) yoki birinchi shifokorlik yordami bo’lib, suitsidga qo’l urgan suitsidentga 
somatik asoratlarda amalga oshiriladi; hamma sohadagi shifokorlar tomonidan
ko’pincha, tez yordam jamoasi, kasalxonada tez yordam yoki boshqa davolash 
muassasalarida amalga oshiriladi. 
-shoshilinch yordam: shoshilinch psixiatrik yordam suitsidal xulq-atvorli 
bemor olib kelingan davolash muassasasidagi psixiatrlar tomonidan ko’rsatiladi; 
shoshilinch psixoterapevtik yordam “ishonch telefoni” xizmati tomonidan 
ko’rsatiladi. 
-ambulator-maslahat yordamlari: suitsidologlar (psixiatr, psixoterapevt, 
tibbiy psixolog) ambulator davoni umumiy somatik profilli poliklinikalar 
qoshidagi maxsus ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida yoki psixonevrologik 
dispanserlarning maxsus suitsidologik xonalarida olib boradilar.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling