O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana13.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1701422
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
O\'rmonova Sharifa sitsid referat

Depressiyaga uchragan shaxslarning suitsid natijasida o’lim tahlikasi 12–
20% ni tashkil etadi (A.G.Ambrumova). O’z joniga qasd qilganlarning 
2
G’

qismida depressiya aniqlangan. 
Shizofreniya o’z joniga qasd qilish ehtimolini oshiruvchi boshqa bir psixik 
kasallik hisoblanadi. Bu guruhda suitsidal xavf umumiy ommaga ko’ra, 30–40 
marta ko’p kuzatiladi. Taxminan, 10–12 % shizofreniya bilan kasallanganlar o’z 
joniga qasd qilishi natijasida halok bo’ladilar. Xorijiy tadqiqotchilar shizofreniya 
bilan kasallanganlarda o’z joniga qasd qilish tahlikasi darajasini oshiruvchi 
quyidagi omillarni ko’rsatganlar: tez-tez psixik kasalxonalarga yotqizish, yuqori 
ta’sirchanlik, oila a’zolari yoki qarindoshlari orasida suitsidal holatni uchrashi, 
psixik va depressiv alomatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, spirtli 
ichimliklar va narkotikka tobelik ham suitsidal xavfning yuqori darajasi deb 
belgilangan. Turli xorijiy mualliflarning ma’lumotiga ko’ra, spirtli ichimliklar va 
narkotik suiiste’moli natijasida o’z joniga qasd qilish orqali halok bo’lganlarning 


30–35% ini tashkil qiladi. Xorijiy tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, spirtli 
ichimliklar bilan kasallanganlarning 7–15% o’z joniga qasd qilish natijasida vafot 
etadi, shu sababli suitsidal o’limning ko’p qismi o’rta yoshli erkaklarga to’g’ri 
keladi (D.I.Shustov). 
Ko’p miqdordagi tadqiqotlar suitsidal xulq-atvorga undagan individual-
psixologik xususiyatlar aks ettirishga bag’ishlangan. 
Masalan, M.V.Smirnovaning (2011) uqtirishicha, suitsidal xulq- atvorning 
shaxsiy tavsifnomasiga ko’ra, muhim o’rin egallovchi bir nechta omillar 
aniqlangan. Shuningdek, A.G.Ambrumovaning (1989) aniqlashicha, shaxsning 
hamma individual xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy o’zak 
hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar o’rtasida suitsidal 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling