O‘smirlik davri psixologiyasi Reja: O‘smirdagi asosiy psixologik o‘zgarishlar


Download 7.93 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi7.93 Kb.
#1647878
1   2   3
Bog'liq
O‘smirlik davri psixologiyasi-azkurs.org

O‘smirlar o‘z-o‘zini anglash sifat jihatidan o‘zgaradi. O‘zi haqida o‘ylash, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash o‘smirning xususiyatidir. O‘smir o‘z kamchiligi ustida uylaydi, o‘zidan qoniqmaslik hissi paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘smirlar kattalarga o‘xshaydigan o‘z tengdoshlariga o‘xshashga harakat qiladilar.

Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin:


  • orsiz, subutsiz o‘smirlar;

  • Mustaqil fikrga ega bo‘lmaganlar;

  • Shaxsiy talab va extiyojlarini qondirish uchun qonunbuzarlik yo‘liga kirgan o‘smirlar;

  • Injiq tabiat o‘smirlar

Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar:


  • Shaxsning biologic kamchiliklari;

  • Psixik rivojlanishdagi kamchiliklar;

  • Shaxs tarbiyasidagi nuqsonlar;

  • Bilish faoliyatidagi kamchiliklar;

  • Maktab ta’lim-tarbiyasidagi kamchiliklar;

  • Maktabdan tashqari muhitdagi kamchiliklar;

O‘smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari


  • Inson umrining o‘smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo‘ladi. Uning bittasi- kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi-o‘smirning oiladagi va maktab nazoratidan chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o‘z oqimida, maqsadga muvofiq tarzda kechadigan bo‘lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o‘smirlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Birinchi jihatini tahlil qilib ko‘raylik, chunonchi, o‘smirlik bosqichidagi o‘g’il va qizlarda ilk “kattalik” hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o‘smir munosabat uslubini o‘zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o‘zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko‘zga tashlanadigan ayrim tomonlari o‘smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg‘otadi.

Jumladan modaga qiziqish, o‘ziga aro berish, o‘zgacha “madaniy” hordiq chiqarish, mulzamat qilishga intilish kabilar. Ular ko‘picha talabalarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda ko‘rganlariga taqlid qiladi. O‘z tasavvuridagi nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O‘smirda o‘z-o‘zini va o‘zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob sotib olish holatlari ko‘zga tashlanadi.


Download 7.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling