O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 66 Kb.
|
6-maruza Osmirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASAVVUR HAYОL VA IJODIY HAYОL.
I D R O K O` S I Sh I.
Usmir idroki kichik maktab yoshidagi o`quvchilar idrokidan keskin farq qiladi.O`smir voqelikdagi narsa va xodisalarning tashqi tomonlarinigina emas,balki narsa va xodisalarni ancha murakkab analiz va sintez qilish qobiliyatiga ega bo`ladi. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki,o`smirning idroki va kuzatishi ba`zi xollarda o`zining sinchkovligi va ko`p xollarda o`zining yuzakiligi va tasodifiyligi bilan ajralib turadi.Bu esa o`quvchilarning o`zi idrok qilayotgan narsaga turlicha munosabatda bo`lishning natijasidir.Buning hammasi shuni ko`rsatadiki.o`smirlik yoshidagi idrok va kuzatish jarayoni xali shakllanish bosqichida bo`ladi. O`smirlik yoshida xotira xususiyatlari sezilarli darajada o`zgaradi.Kichik yoshdagi o`qituvchilarda ko`proq mexaniq xotira,o`smirlik davrida esa o`quvchilarda mantiqiy xotira asosiy o`rin to`tadi. O`smirlarda boshqa psixik jarayonlarga bog`liq xolda hayol ham rivojlanadi. Ma`lumki, hayol ikki ko`rinishda namoyon bo`ladi: TASAVVUR HAYОL VA IJODIY HAYОL. 1) Tasavvur hayol - o`smirlarda ancha rivojlangan bo`ladi va bu ta`lim bilan bog`liq holda sodir bo`ladi. O`smirlar yorqin, qiziq voqealarni aks ettiradigan sayohatlar haqidagi sarguzasht asarlarni qiziqish bilan o`qiydilar.O`smirlarning emotsional hayotida kichik maktab o`quvchilari emotsional hayotiga nisbatan yangi bosqich boshlanadi. Yangi ijtimoiy hayot xodisalari va boshqa odamlarning xatti-harakatlariga nisbatan yangi munosabatlar vujudga keladi.Bunda eng avval o`smirlarning kattalar bilan munosabati va ular bilan bog`liq bo`lgan kechinmalar va o`z tengqurlari bilan bog`liq bo`lgan kechinmalar kiradi. O`smir o`ziga erkin fikrlash imkoniyati berilishini, kattalar unga jiddiy munosabatda bo`lishini xoxlaydi. O`smirning bunday xoxishlari ko`pincha e`tiboringiz qolib ketadi. Natijada o`smirda tevarak atrofga ayniqsa yaqinlariga nisbatan norozilik, g`azablanish kabi his – tuyg`ular paydo bo`ladi Ayrim katta o`smirlarni kichkina bola deb mensimay munosabatda bo`ladilar, ularga iltifotsizlik qiladilar. Bu o`smirga qattiq ta`sir qiladi. Bolaning katta bo`lganligini anglash u bilan jiddiy munosabatda bo`lish unga quvonch bag`ishlaydi. O`smirlarda kattalar bilan boshlangan munosabatlar va kechinmalar bilan birga o`zlarining tengqurlari bilan munosabatlar boshlanadi. O`zaro munosabatlarda o`smir yurak sirlarini izhor etish ehtiyojini sezadi, o`ziga yaqin do`ts axtaradi. O`smirning kechinmalari ichida jamoa hayoti bilan bog`liq bo`lgan kechinmalar katta o`rin egallaydi. Jamoa o`smirga shuning uchun kerakki, o`smir jamoada o`z tengqurlari bilan munosabatda bo`lish itsagini qondira oladi, umumiy hayajonlanish, ma`lum kechinmadan tashabbus yoki o`ylagan ishdan kelib chiqadigan umumiy emotsional holatlarni jamoa bilan birga boshidan kechiradi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling