O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Suitsidal xavfning ijtimoiy muhitdagi omillari


Download 0.7 Mb.
bet13/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

Suitsidal xavfning ijtimoiy muhitdagi omillari

O’z joniga qasd qilishga undovchi ijtimoiy muhitdagi jiddiy omillari sirasiga og’ir stress holatlari ta’siri (yaqin kishisining o’limi, oilaning barbod bo’lishi, jismoniy yoki jinsiy zo’rlangan va boshqalar), ma’lum ijtimoiy tavsiflar (oila, doimiy ish joyining yo’qligi va b.), o’limga olib boradigan suitsid vositalarning mavjudligiga ko’ra ajratiladi.


Suitsidal xulq-atvorga undovchi stressli holatlar – yaqin odamining o’limi, sevimli kishisi bilan ajrashish yoki munosabatlarning buzilishi, shaxslararo ixtiloflarning turli ko’rinishi, farzandining o’limi yoki og’ir kasallikka duchor bo’lishi, ish joyini yo’qotish yoki ish topa olmaslik va boshqalar. Mahalliy tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra, o’z joniga qasd qilishlarning 2G’3 ga yaqini shaxsiy-oilaviy sabablar ta’sirida sodir etiladi. Shu sababli 16–20 yoshlilar o’rtasida, ko’pincha, omadsiz sevgi munosabatlari, 30–40 yoshlilar orasida turli oilaviy mojarolar, 60 yoshdan kattalarda esa, yaqinlarini yo’qotish va yolg’izlik o’z joniga qasd qilishga sabab bo’ladi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, jismoniy va nomusga tajovuzni boshdan kechirganlarda o’z joniga qasd qilish darajasi oshadi. Niderlandiyada o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, 1490 nafar o’smirlardan to’plangan materialida nomusiga tajovuz qilinganlarning ko’pchiligida, boshqa jarohat olgan tengdoshlaridan ko’ra, suitsidal xulq-atvor, depressiya va ruhiy buzilishlarning turli ko’rinishlari kuzatilgan. Boshqa tadqiqotlarda o’zini zaharlashga urinish bilan kasalxonaga yotqizilgan ayollarning ko’pchiligining, boshqa sabablar bilan kasalxonga yotqizilgan ayollarga nisbatan, avval nomusiga tajovuz qilinganligi ko’rsatilgan.
Suitsidal xulq-atvorga ta’sir qiluvchi eng muhim omil – din hisoblanadi. Dinga e’tiqodli kishilarda e’tiqodsiz kishilarga nisbatan suitsid holati ancha kam uchraydi. Shuningdek, diniy e’tiqod, o’z joniga qasd qilishga ta’sir ko’rsatadi. Aholisining katta qismi islom va katolik diniga mansub mamlakatlarda ayniqsa, protestantlik dini ustun bo’lgan mamlakatlarga qaraganda, suitsid darajasi ancha past ko’rsatkichga ega ekanligi tadqiqotlarda aniqlangan. Turli etnik guruhlar o’rtasida olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, Singapurda etnik malayyaliklarning – islom tarafdorlari orasida o’z joniga qasd qilish past darajada, shu bilan bir vaqtda, o’z joniga qasd qilishga qat’iy to’siqlar qo’yilmagan etnik hindular orasida ko’pligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan suitsid usulining – asosiy omili, o’z joniga qasd qilishga urinish orqali o’limga olib kelish ehtimoli bilan belgilanadi. Rossiyada o’z joniga qasd qilishda tez-tez foydalaniladigan uslublar o’zini osish, zaharlanish (birinchi navbatda, medikamentoz preparatlar bilan), sovuq qurollardan foydalanish va balandlikdan o’zini tashlash hisoblanadi. AQShda sodir etiladigan suitsidlarda taxminan, 2G’3 qismida olov sochuvchi qurollardan foydalaniladi. Angliyada o’z joniga qasd qilishda gaz chiqaruvchi avtomobillardan zaharlanish usullari keng qo’llaniladi. Xitoyda keng tarqalgan uslub – pestitsidlar bilan zaharlanish hisoblanadi. Aholining o’limga olib keluvchi vositalarga imkoniyatlarni chegaralash (masalan, olov sochuvchi qurol), o’z joniga qasd qilish darajasini kamaytiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biologik, psixo-psixiatrik va ijtimoiy muhit omillari suitsidal xulq-atvor rivojlanishi jarayonida o’zaro aloqadorligini ta’kidlash zarur. Masalan, suitsidal xulq-atvorda genetik omillar bevosita psixik va ijtimoiy muhit omillariga ta’sir ko’rsatadi. Genetik omil shaxslarda ko’pincha, stressli vaziyatlarga undovchi ijtimoiy xulq-atvorga moyillik, shuningdek, o’z navbatida, depressiya va suitsidal reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling