O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Suitsidal xulq-atvor tahlikasining psixologik-psixiatrik omillari


Download 0.7 Mb.
bet12/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

Suitsidal xulq-atvor tahlikasining psixologik-psixiatrik omillari

Suitsidal xavfning muhim psixologik-psixiatrik omillari: psixik kasalliklar, suitsidal xulq-atvorga undaydigan individual-psixologik xususiyatlar, avval suitsid yoki o’ziga shikast etkazish urinishlarining ko’rinishlar va boshqalar.


Psixik kasalliklarning mavjudligi o’z joniga qasd qilish ehtimolini oshiruvchi jiddiy omil hisoblanadi. Depressiya, shizofreniya, spirtli ichimlik ichish va narkotikka tobelik, shaxsiy kasallanishlar kabi psixik kasalliklarda suitsid tahlikasi juda yuqori ekanligi kuzatiladi. Turli ma’lumotlarga ko’ra, tugallangan suitsidga qo’l urgan 29–88% odamlar depressiyadan aziyat chekkanlar. O’z joniga qasd qilish – depressiyaga uchragan shaxslarning o’limiga asosiy sabab hisoblanadi.
Depressiyaga uchragan shaxslarning suitsid natijasida o’lim tahlikasi 12–20% ni tashkil etadi (A.G.Ambrumova). O’z joniga qasd qilganlarning 2G’3 qismida depressiya aniqlangan.
Shizofreniya o’z joniga qasd qilish ehtimolini oshiruvchi boshqa bir psixik kasallik hisoblanadi. Bu guruhda suitsidal xavf umumiy ommaga ko’ra, 30–40 marta ko’p kuzatiladi. Taxminan, 10–12 % shizofreniya bilan kasallanganlar o’z joniga qasd qilishi natijasida halok bo’ladilar. Xorijiy tadqiqotchilar shizofreniya bilan kasallanganlarda o’z joniga qasd qilish tahlikasi darajasini oshiruvchi quyidagi omillarni ko’rsatganlar: tez-tez psixik kasalxonalarga yotqizish, yuqori ta’sirchanlik, oila a’zolari yoki qarindoshlari orasida suitsidal holatni uchrashi, psixik va depressiv alomatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, spirtli ichimliklar va narkotikka tobelik ham suitsidal xavfning yuqori darajasi deb belgilangan. Turli xorijiy mualliflarning ma’lumotiga ko’ra, spirtli ichimliklar va narkotik suiiste’moli natijasida o’z joniga qasd qilish orqali halok bo’lganlarning 30–35% ini tashkil qiladi. Xorijiy tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, spirtli ichimliklar bilan kasallanganlarning 7–15% o’z joniga qasd qilish natijasida vafot etadi, shu sababli suitsidal o’limning ko’p qismi o’rta yoshli erkaklarga to’g’ri keladi (D.I.Shustov).
Ko’p miqdordagi tadqiqotlar suitsidal xulq-atvorga undagan individual-psixologik xususiyatlar aks ettirishga bag’ishlangan.
Masalan, M.V.Smirnovaning (2011) uqtirishicha, suitsidal xulq- atvorning shaxsiy tavsifnomasiga ko’ra, muhim o’rin egallovchi bir nechta omillar aniqlangan. Shuningdek, A.G.Ambrumovaning (1989) aniqlashicha, shaxsning hamma individual xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy o’zak hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor quyidagilarga ajratilgan:
-emotsional yuklamalarga bag’rikenglikning kamayishi;
-qat’iylik;
-chiqarilgan hukmning etilmaganligi;
-o’zaro fikr almashinuv doirasining nochorligi;
-teng imkoniyatlarga shaxsning o’z bahosi;
-shaxsiy psixik himoyaning sustligi;
-hayot qadrini tushishi va yo’qotilishi;
-perfektsionizm;
-moslashuvchanlik usuli;
-fikrlarning ikki xilligi va boshqalar.
O’z joniga qasd qilishning ishonchli ko’rsatkichlaridan biri suitsidga avvalgi urinishlar yoki parasuitsidal ko’rinishlar hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mualliflarning tadqiqotlariga ko’ra, suitsidal urinish kuzatilgan shaxslar, umumiy aholiga taqqoslaganda, 20–30 karra ortgan. Mahalliy tadqiqotlarning ma’lumotiga ko’ra, har ikkinchi suitsident yil davomida qaytadan o’z joniga qasd qilishga uringan va natijada har o’ninchisi vafot etgan (G.V. Starshenbaum).

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling