O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidni yuzaga keltiruvchi omillari


Download 0.7 Mb.
bet14/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidni yuzaga keltiruvchi omillari
Bir qator tadqiqotchi olimlarninng bolalar suitsidi muammolari doirasida o’tkazilgan izlanishlari natijasiga ko’ra, mazkur holat ko’proq oilada tartib-intizomning yo’qligi sabab bo’layotganligi aniqlangan. Xususan:
-oilada uzoq davom etgan mojarolar yoki ota-onaning ajralishi;
-o’smir ota-ona tomonidan o’zining yo’rig’iga yurgizishga intilishini ko’tarishi oson emasligi;
-biron narsaga nisbatan bog’liqlikni yo’qotish, masalan, onaning yoki sevimli itining o’limi bola uchun og’ir kechinmadir;
-oilada eng muhimi katta oila vakilining yo’qligi. Bunday vaziyatda o’smirda ijtimoiy va psixologik yakkalik namoyon bo’ladi.
2. Tarbiyada psixologik tenglikning yo’qligi. Keyingi omil oilaning ichki tarbiyasi mohiyatini anglatadi. Ta’lim muassasalarida pedagogik zo’ravonliklar doirasida olib borilgan qator tadqiqotlarda keltirilgan ayrim faktlarning haqqoniyligini tasdiqlaydi. U quyidagichadir:
-shilqimlik, nasihatgo’ylik, munosabatlardan zerikish, da’vo va talabga nisbatan adolatsizlik;
-psixik yoki shahvoniy tajovuz dalilining mavjudligi;
-jismoniy tajovuz dalilining mavjudligi.
3.O’smirlik yolg’izligi. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar guruhiga (masalan, sotsiometriya) tahqirlangan, xo’rlanganlar guruhi kiradi:
-boshlang’ich maktabda (7–9 yosh) tahqirlanganlik statusi, ko’proq tashqi ko’rinishiga qaraladi, masalan, pala-partish, isqirt, iflos kiyim, noxush hid;
-o’rta bo’g’inda (10–14 yosh) tahqirlanganlik statusi – o’qishdagi muvaffaqiyatlilik yoki aksi, muvaffaqiyatsizlik. Nazardan qolish kategoriyasiga a’lochilar ham, qoloq o’quvchilar ham tushadilar;
-yoshlik davri uchun (14–18 yosh) shaxsiy faollik, jinsiy alomatlari bo’yicha mayl va afzallik.
4.Qiyin kechuvchi pubertat. Bu bosqich tengdoshlariga nisbatan o’smirning rivojlanishida qo’pol buzilishlardan guvohlik beradi. Xususan:
–ikkilamchi jinsiy alomatlarning tengdoshlariga nisbatan va rivojlanish me’yorlariga solishtirganda erta jadal namoyish bo’lishi (“erta start” deb nomlanuvchi). Me’yor bo’yicha, qizlar uchun jinsiy alomatlarning namoyon bo’lishi 11 yoshda, o’g’il bolalarda 13 yoshda sodir bo’ladi;
–dismorfiya (o’smirlik davrida juda tez garmonik rivojlanish bilan bog’liq o’z ko’rinishidan ko’ngli to’lmaslik). Qo’l-oyoqlarning nomutanosib o’sishi o’smirning tashqi ko’rinishiga xos. Shuningdek, ichki organlarning jadal va nomutanosib rivojlanishi, emotsional o’zgarishlarni qo’zg’atuvchi hisoblanadi. O’smirda gormonal o’zgarishlar va portlash kuzatiladi.
–o’smir yoshda aktsentuatsiyaning yorqin surati.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling