O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Ishning diagnostik bosqichini uslubiy ta’minlash


Download 0.7 Mb.
bet18/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

Ishning diagnostik bosqichini uslubiy ta’minlash
Qatnashchilarning psixologik diagnostikasi suitsidal maqsadlarning darajalarini, kompleks birgalikning zarurligini, psixologik yordam strategiyasini aniqlashga yo’naltirilgan.
Suitsidal maqsadlar darajasini ifodalovchi metodlar:
1.M.Lyusherning ranglar testi. Psixoemotsional holat va nerv-psixik barqarorlik, kechinmalarning namoyon bo’lishi, keskin vaziyatlarda xulq-atvor xususiyatlari va o’z kuchi bilan shunday vaziyatlardan chiqish imkoniyatlari, depressiv holatlarga moyillik va affektiv reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Mazkur metodika kattalar va 5 yoshdan katta bolalar uchun mo’ljallangan. Suitsidal xulq-atvor xavfli alomatlari namoyon bo’lgan Q7Q4 guruhini tanlash hisoblanadi ya’ni muammolar, qiyinchiliklar, keskinliklardan asoratsiz va kutilmagan harakatlar bilan xalos bo’lishga intiladi. Xalos bo’lish yo’llarini qidiradi, engiltak qiliqlari bilan o’z joniga qasd qilishgacha qodir bo’ladi.
2.A.A.Kucher, V.P.Kostyukevichning bolalarda suitsidal xavfning namoyon bo’lishi testi. Autoagressiv mayl va omillarining namoyon bo’lishi, 5–11 sinf o’quvchilarida suitsidal maqsadlarning shakllanganlik darajasini o’rganish maqsadida qo’llaniladi.
3.“Tugallanmagan gaplar” metodi, uslubning SAKS-Sidney varianti, V.M.Bexterev nomli psixonevrologiya labaratoriyasida adaptatsiya qilingan. 1-sinfdan boshlab barcha o’quvchilar uchun foydalanish mumkin. Metodika orqali o’ziga, oilasiga, tengdoshlariga, kattalarga, boshdan o’tkazilgan qo’rquv va xavfsirashlarga, o’tmish va kelajakka, hayotiy maqsadlarga nisbatan munosabatlarini baholashga imkon beradi.
4.O’smirning suitsidal xulq-atvori diagnostikasi (G.Ayzenkning o’smirlar uchun “Shaxsning o’z psixik holatiga bahosi” so’rovnomasi modifikatsion varianti). So’rovnoma shaxsning xavotirlanish, agressiya darajasini o’smirning suitsidal mayli shakllanishiga ta’sirini aniqlash uchun mo’ljallangan.
5. “Signal” metodikasi. Suitsidal xavf va uni yuzaga kelish darajasining ekspress-diagnostikasi hisoblanadi. Metodika o’smirlar uchun 16 yoshdan boshlab foydalaniladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling