Taxminiy faol tayyorgarlik. Bu faol harakat orqali amalga oshiriladi: adabiyotlar yoki internet orqali zaharlovchi modda va dorilar haqida ma’lumotlar yig’ish, suitsid haqida osongina o’limdek so’zlashish, qabristonga borish va u haqda turli hikoyalar aytish, narigi dunyo haqida tez-tez so’zlashish va boshqalar.
O’smirlarda emotsional-axloqiy buzilishlar va suitsidal xavfning erta namoyon bo’lishini bilishda kuzatuv malakasi yordam beradi. Inqirozli vaziyatidagi bolalar va o’smirlarda o’zgarishlar kuzatiladi. Xulqi, tashqi ko’rinishi, sinfdoshlari va do’stlari bilan munosabatlari, qiziqishlari o’zgaradi.
5.2. Ota-onalar uchun o’smir suitsidi profilaktikasiga oid tavsiyalar
Bolalar va o’smirlarning ota-onalari nimalarni bilishlari kerak:
Nima uchun bola o’z joniga qasd qilishga ahd qildi?
-muhabbat va yordamga muhtoj;
-o’zini hech kimga kerak emasdek his qiladi;
-qiyin vaziyatlarni o’zi hal qilolmaydi;
-echilmagan bir qancha muammolar yig’ilib qolganligi natijasida;
-jazolanishdan qo’rqadi;
-xafa qilganlardan o’ch olmoqchi;
-kimgadir yoki nimagadir erishmoqchi;
Xavf guruhidagi o’smirlar:
-og’ir oilaviy vaziyat;
-o’qishdagi muammolar;
-do’stlarning kamligi;
-biror qiziqishi, xobbisining yo’qligi;
-og’ir yo’qotishni boshdan kechirishi;
-oilaviy suitsid tarixi;
-depressiyaga moyillik;
-spirtli ichimlik va narkotik qabul qiluvchilar;
-sevimli qizi yoki yigiti bilan janjallashishi;
-zo’rlanish qurboni;
-destruktiv diniy sekta yoki yoshlar oqimi ta’siriga tushish.
Suitsid belgilari:
-o’zini o’zi o’ldirishi bilan tahdid qiladi;
-kayfiyatning birdan o’zgarishi kuzatiladi;
-sevimli narsalarini tarqatadi;
-“o’z ishlarini tartibga soladi”;
-agressiv bo’lib qoladi, janjal ko’taradi, hech kimni eshitishni istamaydi.
-xavfda yashaydi, o’zini ehtiyot qilmaydi;
-o’ziga hurmatni yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |