Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari
Download 30.63 Kb.
|
astronomiya 2023
Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari Amaliy astronomiya kuzatishlar asosida yoritkichlarning ko’rinma holatlari va harakatlarini aniqlaydi,boshqa bo’limlarda esa bu ma’lumotlar asosida Yerning real harakatlari,Quyosh sistemasining tuzilishi va boshqa shu kabi hodisalar haqida hulosalar chiqariladi.O’quvchilar astronomiya kursi o’qilishining boshlanishiga qadar Yerning haqiqiy harakati haqida,bu harakatning natijasi sifatida kuzatiladigan hodisalarga nisbatan ko’p marta aniq tushunchalarga ega bo’ladilar.Umuman olganda ,materialni ketma ket bayon qilish o’quvchilarning kuzatiladigan hodisalar bilan qay darajada tanishliklari bog’liq bo’ladi. 1 variant Agar yulduzlar osmoni kuzatilsa ,u holda materialni,yaxshisi darslikda qabul qilingan ketma ketlikda bayon qilgan ma’qul.Bunda kuzatishga qo’shimcha qilib darslikdagi 11,12,13,15 va 17-rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Shu asosda osmon sferasining nuqtalari va aylanalari haqida quyidagi tushunchalar kiritiladi: Olam o’qi va osmon ekvatori –ekvatorial koordinatalar sistemalarining asosini tashkil etib,osmon sferasi bilan mustahkam bog’langan va fazoda Yerning aylanish o’qi bo’yivha yo’nalgan; shoqul (vertikal) chizig’i va haqiqiy gorizont-aylanayotgan Yerda kuzatish punkti bilan qo’zg’almas bog’langan sistemaning asosi; osmon meridian-oldingi ikki sistemalar orasidagi bog’lovchi zveno; tush chizig’i-kuzatuvchining orientir olishini belgilaydigan gorizont tekisligidagi asosiy yo’nalish. Asosiy chiziqlar va tekisliklar osmon sferasining modelidan ko’rsatiladi.Tabiiyki keyinchalik “Geografik kengliklarni aniqlash” va “Kulminatsiya” masalarini o’rganishga o’tiladi,ularni bayon qilish hajmi darslikda keltirilgani bo’yicha aniqlanadi (19-21-betlarga qarang):Olam o’qining gorizontdan balandligi haqidagi teoremani isbotlash qulay bo’lishi uchun darsikning 12- rasmiga qo’shimcha ravishda, uning osmon meridiani tekisligi (SZN) bo’ylab kesimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 30.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling