Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5.1. Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari
129 adresiga murojaat qilinganda, tanlangan qatordagi barcha yacheykalar qayta regeniratsiya qilinadi. Shuning uchun xotira barcha yacheykalarini regeniratsiya qilish uchun barcha yacheykalar qatoriga murojaat qilish yetarli. Dinamik xotira yacheykalari katta ishga tushish vaqtiga esa, lekin solishtirilsa zichligi katta (o‗nlab Mbit bitta korpusga) va elektr energiyani kam iste‘mol qiladi. Bunday xotira sistemalari Kompyuterda asosiy xotira sifatida qo‗llaniladi.[9] 130 1.5§ Axborot-hisoblash tizimlari Axborot tizimi (AT)-bu axborotlarni tashkillashtiruvchi, saqlovchi va o‗zgartiruvchi tizim, yaʻni asosiy predmeti va mehnat mahsuloti axborot bo‗lgan tizim. Agarda axborot tizimida axborot ustida hisoblash-ishlov berish ishlari olib borilsa, u holda uni axborot hisoblash tizimi (AHT) deb atash mumkin. Yuqorida qayd qilinganidek, ko‗pchilik zamonaviy AHT axborotlarni o‗zgartirmaydi, ma‘lumotlarni o‗zgartiradi. Shuning uchun ko‗pincha ularni ma‘lumotlarga ishlov berish tizimi deb ataladi. Ma‘lumotlarga ishlov berish tizimini (MIT) foydalanuvchiga zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗zgartirish vositasi va o‗zaro bog‗langan usullar to‗plami sifatida qarash mumkin. 1.5.1. Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari Axborot hisoblash tizimlari jismoniy toifaga kiritiladi, vaholanki ular mehnatining mahsuli jismoniy emas. Axborotlarni o‗zgartirish amalini mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab MIT quyidagilarga bo‗linadi: qo‗lda ishlov berish tizimlari (QIT); mexanizatsiyalashtirilgan (MIBT); avtomatizatsiyalashtirilgan (AIT); axborotlarga avtomatik ishlov berish tizimlari (AAIT). QIT da barcha axborotlarni o‗zgartirish amallari qo‗lda inson tomonidan qandaydir texnik vositalarni qo‗llamasdan bajariladi. MIBT da inson ba‘zi axborotlarni o‗zgartirish amallarini bajarish uchun texnik vositalarni ishlatadi. AIT da axborotlarni o‗zgartirish amallar jamlamasining ba‘zilari (lekin barchasi emas) inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, nafaqat axborot o‗zgartirish amallarining alohida olinganlari mexanizatsiyalashtirilmay, balki oldingi amaldan keyingi amalga o‗tishlar ham mexanizatsiyalashtiriladi, avtomatizatsiyalashtirishning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling