Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
140 Hisoblash tizimlari kompyuterlar asosida tuzilishi mumkin–ko‗p mashinali XT yoki alohida protsessorlar asosida–ko‗p protsessorli XT. Hisoblash tizimlari yana bo‗linishi mumkin: bir turdagi; bir turda bo‗lmagan. Bir turdagi XT bir turdagi kompyuterlar asosida yoki protsessorlarda tashkil etiladi, unda dasturiy vositalarni standart to‗plamlarini, qurilmalarni ulash uchun an‘anaviy protokollarni ishlatish mumkin bo‗ladi. Ularni tashkillashtirish ancha oson, tizimga xizmat ko‗rsatish va ularni rivojlantirish yengillashadi. Bir turda bo„lmagan XT o‗z tarkibiga turli xildagi kompyuterlarni yoki protsessorlarni oladi. Tizimni qurishda ularning turli texnik va funksional ko‗rsatkichlarini hisobga olishga to‗g‗ri keladi, bu esa bunday tizimlarni yaratishni va ularga xizmat ko‗rsatishni jiddiy qiyinlashtiradi. Hisoblash tizimlari quyidagi tartibda ishlaydi: operativ ish tartibida (online); operativ bo‗lmagan ish tartibida (offline). Operativ tizimlar real vaqt o‗lchamida ishlaydilar, ularda axborotlar almashuvini operativ ish tartibi joriy etiladi–so‗rovlarga javoblarni juda tez olinadi. Operativ bo„lmagan XT ―javobni keyinga qoldirish‖ ish taribiga yo‗l qo‗yiladi, so‗rovlarga javoblarni bajarilishi ba‘zi ushlanish bilan amalga oshirilishi mumkin (ba‘zida tizim ishlashining keyingi seansida). Hisoblash tizimlarini yana markazlashtirilgan va tarqatilgan boshqarishli guruhga ajratiladi. Birinchi holda boshqarishni ajratilgan kompyuter yoki protsessor bajaradi, ikkinchi holda esa kopmyuterlar teng huquqli va ularning har biri boshqarishni o‗zi olishi mumkin. Undan tashqari XT bo‗lishi mumkin: iudud bo„yicha jamlangan (barcha kompyuterlar bevosita bir-biriga yaqin joylashtirilgan); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling