Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
144 qilishga ancha oson ko‗rsatkich. Ko‗p protsessorli tizimlarda tizimga kiruvchi alohida protsessorning qo‗shimcha ko‗rsatkichi sifatida ishlatiladi. Takt chastotasini kompyuterning unumdorligi haqida real tasavvur hosil qilish uchun ishlatilishi ancha mushkul, chunki ancha qo‗shimcha ko‗pchilik omillarni bilish kerak bo‗ladi, masalan, bitta mashina buyrug‗iga to‗g‗ri keladigan taktlarni o‗rtacha sonini, konveyerning bosqichlar sonini, superskalyarli protsessordagi funksional bloklarning sonini, keshning barcha bosqichlar ko‗rsatkichini va hokazo. Bu omillarning barchasini bir vaqtda hisobga olish juda qiyin masala. Takt chastotasi, ayiniqsa, ko‗p protsessorli hisoblash tizimlarining unumdorligi haqida sust tasavvur beradi. 1.6.2. Cho‗qqi va real unumdorlik Hisoblash tizimlarining unumdorligini ko‗p baholash usullari uchun cho„qqi (eng yuqori nuqta) va real tushunchalari ishlatiladi. Cho‗qqi unumdorlik–bu nazariy yo‗l bilan olingan hisoblash tizimining unumdorligini yuqori bahosi, real unumdrolik esa tajriba yo‗li orqali real dasturlarni bajarish vaqtida olinadi. Cho‗qqi unumdorlikni hisoblashda, dasturni bajarishda kompyuterning barcha qurilmalari o‗z imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatadilar, deb faraz qilinadi. Cho‗qqi unumdorlikka deyarli yaqin kelish mumkin, ammo unga real sharoitda erishib bo‗lmaydi. Cho‗qqi unumdorlik so‗zsiz har bir hisoblash tizimi uchun hisoblanadi, biroq u aniq masalalar uchun erishish mumkin bo‗lgan aniq ko‗rsatkich bilan sust bog‗langan, u ba‘zi masalalar uchun 90% bo‗lishi mumkin, boshqa masalalar uchun esa faqat 5–10% bo‗lishi mumkin. 145 1.6.3.MIPS va Flops birliklari MIPS birligi. Hisoblash tizimlarining quvvatini ancha aniq baholash uchun vaqt birligi ichida tizim tomonidan bajariladigan mashina buyruqlar sonini ko‗rsatishga asoslangan yo‗nalish ishlatiladi. Qayd qilishimiz kerakki, agarda barcha tizim tomonidan bajariladigan buyruqlar soni hisobga olinsa, bu ko‗rsatkichni ko‗p protsessorli mashinalar unumdorligini baholash uchun ham ishlatish mumkin. Hisoblash tizimlarining unumdorligini hisoblashdagi bu yondashishda baholash MIPS (Million Instructions Per Second–million mashinnix komand v sekundu, sekundiga million mashina buyrug‗i) birligida amalga oshiriladi, unda kompyuterning quvvati mashina buyruqlarining (ko‗rsatmalar) bajarilish sonini bajarilish vaqtining nisbatiga teng. Unumdorlikni baholash usulining farqi quyidagicha, markaziy protsessor bajarayotgan hisoblashlarning amallarida axborotlar o‗lchami inobatga olinmasligida, yaʻni dastur buyruqlarining butun sonli va haqiqiy sonlar ustida bajariladigan amallardan tashkil topgan real aralashmasi ishlatiladi. Bu usulni ko‗rinib turgan qulayligi–uning oddiyligi va tushunarligidadir. MIPS birligining ishlatilishdagi kamchiligi bu natija protsessorning buyruqlar tizimiga bog‗liqligi. Shuning uchun turli buyruq tizimiga ega bo‗lgan protsessorlarni baholash uchun taqqoslash murakkab. Undan tashqari, ma‘lumki, turli buyruqlar protsessor tomonidan turli vaqt davomida bajariladi, turli dasturlar o‗z tarkibida ―tezroq‖ va ―sekinroq‖ buyruqlar nisbati turlichadir. Shuning uchun bitta kompyuterda turli dasturlar bajarilganda kompyuterning unumdorligi haqidagi baholash turlicha bo‗ladi, bu esa ko‗rsatkichni keng miqyosda ishlatilishiga to‗sqinlik qiladi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling