Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
147
ekan. Ko‗p parallel shoxlanishlarni tashkillashtirish mumkin bo‗lgan dasturlarni
masalan, matritsalar bilan ishlovchi dasturlarda, ko‗p protsessorli tizimlarda 
bajarilganda unumdorligi yuqori bo‗lar ekan, parallellashtirish mumkin bo‗lmagan 
dasturlarni ko‗p protsessorli tizimlarda bajarilganda esa unumdorlik ancha past 
bo‗lar ekan. 
1.6.4. Testlar yordamida unumdorlikni hisoblash 
LINPACK testlari. MIPS va Flops birliklarini qayd qilib o‗tilgan 
kamchiliklari mavjud bo‗lganligi sababli kompyuterlarning unumdorligini 
taqqoslash uchun ko‗rsatkich sifatida maxsus tanlangan andoza (etalon) dasturning 
bajarilish vaqtini yoki shu vaqt bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlarni ishlatish 
taklif etilgan. Testlashtirish amalga oshiriladigan dasturlarni ba‘zida 
benchmarkalar (bench-mark–otmetka urovnya, darajasini belgilash) deb 
nomlanadi. Hozirgi vaqtgacha ancha ko‗p turli test va andoza dasturlari yaratilgan. 
Eng ko‗p taniqli testlardan biri LINPACK testlaridir, u Fortran dasturlash tilidagi 
dasturiy paketlardan iborat bo‗lib, katta o‗lchamli chiziqli algebraik tenglamalar 
tizimini zich matritsali Gauss usulida asosiy elementni tanlash orqali yechish 
uchun mo‗ljallangan (bir necha milliongacha noma‘lumi bo‗lgan). Bu testning bir 
necha variantlari ham bor, masalan, LINPACK TRR (Toward Peak Performance–
napravlyayushiysya 

pikovoy 
proizvoditelnosti–cho‗qqi 
unumdorlikka 
yo‗naltiruvchi) va HPL (High-Performance LINPACK-visokoproizvoditelniy 
LINPACK–yuqori unumdorli LINPACK). 
Testlashni amalga oshirish uchun mavjud hajmga maksimal o‗lchamga ega 
bo‗lgan qandaydir chiziqli tenglamalar tizimini hosil qilinadi va testlanuvchi 
hisoblash tizimida uning hisoblash vaqti o‗lchanadi, natijani olish uchun ular 
bajarilishi kerak bo‗lgan haqiqiy K nuqtali operatsiyalar soni teng K = 2n
3
/3+2n
2
, u 
albatta n matritsaning berilgan o‗lchamiga bog‗liq, shuning uchun unumdorlikni 
Flops birliklarida aniqlash qiyinchilik tug‗dirmaydi. 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling